Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosniya va Hersegovinada prezidium tarkibi o‘zgardi
So‘nggi 12 yil ichida ilk bor bosniya musulmonlari partiyasi vakili Bosniya va Hersegovina prezidiumidagi o‘rindan mahrum bo‘ldi. Ularning serb raqiblari saylovda g‘alaba qozonish uchun kurashmoqda.

Foto: Picture Alliance
Bosniya va Hersegovinaning uch tomonlama millatlararo prezidiumi uchun kurashda bosnyaklardan mo‘’tadil sotsial-demokrat Denis Bechirevich yetakchilik qilmoqda. 3 oktyabr, dushanbaga o‘tar kechasi e’lon qilingan dastlabki natijalarga ko‘ra, o‘n bir muxolifat partiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Bechirevich 55,78 foiz ovoz olgan, u millatchi Demokratik harakat partiyasi (DHP) yetakchisi Bakira Izetbegovichni 39,31 foiz ortda qoldirdi.
Izetbegovich mag‘lubiyatini tan oldi. Bechirovichning g‘alabasi shuni anglatadiki, o‘n ikki yil ichida birinchi marta DHP siyosatchisi jamoaviy davlat rahbari bo‘lgan organda vakillik qilmaydi.
Dastlabki natijalarga ko‘ra, Xorvatiya demokratik hamdo‘stligi partiyasi vakili Boryana Krishto (51,36 foiz) xorvatlar tomonidan prezidiumda o‘rin oladi va u yerda Jyelko Komshich o‘rniga (48,64) keladi.
Prezidiumdagi serblar o‘rnini, ehtimol, mamlakatning Serbiya qismida hukmronlik qilayotgan Mustaqil sotsial-demokratlar ittifoqi (MSDI) nomzodi Jyelka Tsviyanovich (51,65 foiz) egallashi mumkin. U serb ayirmachisi Milorad Dodikning yaqin safdoshi va partiyadoshi. Shu paytgacha u prezidiumdagi Serbiya o‘rindig‘ini egallab kelgan, endi esa u Serb Respublikasi prezidentligiga nomzodini qo‘ygan va uning partiyasi bayonotiga ko‘ra, saylovlarda yetakchilik qilmoqda. Biroq Demokratik taraqqiyot partiyasidagi millatchilarning raqiblari ham o‘z nomzodi Yelena Trivich g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Saylovning rasmiy natijalari 3 oktyabrda e’lon qilinishi kerak.
Bosniya va Hersegovinadagi saylovlar kuchayib borayotgan etnik nizolar fonida o‘tdi. Milliy institutlar darajasida fuqarolar prezidiumni, federal parlamentni, shuningdek, mamlakatning asosan mustaqil bo‘lgan ikki qismi parlamentlarini, Serb Respublikasi prezidentini hamda Bosniya va Hersegovina Federatsiyasining kantonal ma’muriyatlarini sayladilar.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:14
-
Toshkent shahri IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00
-
Tramp qanday shartlarda Xitoyga borishi mumkinligini aytdi
Jahon | 22:56
Mavzuga oid

13:13 / 05.07.2025
Bosniya serblar yetakchisi Dodikni hibsga olishga berilgan orderni bekor qildi

01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi

13:08 / 10.02.2025
Kosovodagi saylovlarda bosh vazir Kurtining hukmron partiyasi g‘alaba qozondi

21:57 / 07.02.2025