Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar 8 noyabr kuni to‘liq Oy tutilishiga guvoh bo‘ladi
Bugun Yer yuzi aholisi Oy tutilishini kuzatishi mumkin. Ushbu hodisaning umumiy davomiyligi 4 soatdan ortiqroq bo‘lib, tutilishning to‘liq fazasida Oy yuzasi 100 foiz Yer soyasida bo‘ladi.
8 noyabr kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – to‘liq Oy tutilishini kuzatishlari mumkin. Ushbu tutilishning to‘liq fazasida oy yuzasi 100 foiz Yer soyasida bo‘ladi. Oy tutilishining umumiy davomiyligi 4 soatdan ortiqroq bo‘lib, tutilishning to‘liq fazasi 1 soat 25 daqiqa davom etadi. Ushbu Oy tutilishi O‘zbekistonda qisman kuzatiladi – o‘rta hisobda 1 soatdan ko‘proq tutilish kuzatilishi mumkin.
Oy tutilishi Oy chiqishidan avval boshlanadi, shuning uchun O‘zbekistonning hamma hududida tutilishning maksimal fazasi Oy ufqdan ko‘tarilganidan keyin bir necha daqiqa o‘tib kuzatiladi.
Ushbu astronomik hodisa Sibir va Uzoq sharq, Yangi Zelandiya, hamda Shimoliy Amerikaning shimoli-g‘arbiy qismlarida to‘liq kuzatiladi. Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Avstraliya hamda Janubiy Amerika mamlakatlari hududlarida uni qisman kuzatish imkoni mavjud (1-rasm).

Toshkent vaqti bilan Oy tutilishi soat 14:08 da boshlanadi va soat 15:16 da to‘liq to‘silish boshlanib, soat 15:59 da maksimal fazaga erishadi. Soat 16:41 da to‘liq to‘silish tugaydi, biroq qisman tutilish davom etadi. Oy tutilishi soat 17:49 da yakuniga yetadi.

Toshkentda soat 17:06 da Oy ufqdan ko‘tariladi va bu vaqtda Oy yuzasining 60 foizdan ko‘proq qismi Yer soyasida bo‘ladi. Soat 17:09 da qisman Oy tutilishining maksimal fazasi kuzatiladi. Bunda Oy yuzasining 62 foizi Yer soyasida bo‘ladi. Bu vaqtda Oyning gorizontdan balandligi 1 darajaga yaqin burchakni tashkil qiladi. Toshkent shahrida Oy tutilishining umumiy davomiyligi 43 daqiqani tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasining g‘arbiy hududlari, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida qisman Oy tutilishi juda kichik fazada kuzatiladi. Navoiy, Buxoro Samarqand, Qarshi, Jizzax va Termiz hududlari aholisi esa 25-35 foiz to‘silish guvohi bo‘lishi mumkin. Toshkent, Guliston, Farg‘ona, Namangan va Andijon hududlarida esa tutilish fazasi maksimumi 50 foizdan 78 foizgacha bo‘ladi (2-jadval). Oy tutilishi Oy gorizontdan ko‘tarilishidan avval boshlangan bo‘ladi. Shuning uchun O‘zbekistonning aksariyat hududlarida tutilishning maksimal fazasi Oy ufqdan ko‘tarilganidan keyin bir necha daqiqa o‘tib kuzatiladi. Ushbu tutilishni eng uzoq vaqt va eng katta fazasiga Andijon viloyati aholisi guvoh bo‘lishi mumkin. Andijonda tutilish fazasi maksimumi 78 foiz bo‘lib, davomiyligi 54 daqiqani tashkil etadi.
To‘liq Oy tutilishi haqida qisqacha ma’lumot
To‘liq Oy tutilishi deb, Quyosh-Yer-Oy bir chiziqqa joylashib, Oy yuzasining to‘liq Yer soyasiga kirishiga aytiladi. To‘liq Oy tutilishi Quyosh tutilishidan farqli holda, uzoq vaqt davom etadi.
Shu o‘rinda ayrim ko‘rsatmalar va tavsiyalar:
Oy tutilishini qurollanmagan ko‘z bilan kuzatish mumkin. Oy tutilishi qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rish xavfsiz. Oy tutilishini kuzatish Quyosh tutilishidan farqli o‘laroq, Oyning to‘liq tutilishini kuzatish uchun hech qanday maxsus jihozlarni talab qilmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar:
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islohot 2030. O‘zbek futbolini nima qilish kerak?
Sport | 14:27
-
Afg‘onlar deportatsiyasi, Tojikistonga yordam, AES va matbuotga ta’sirning qirqilishi – MO hafta ichida
Jahon | 12:14
-
🔴 LIVE: 15 avgust, Alyaska. Katta uchrashuvdan kutilmalar
Jahon | 11:22
-
Putin Donbass evaziga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishini aytgan. Zelenskiy javob qaytardi
Jahon | 10:17
Mavzuga oid

18:13 / 05.07.2025
Astronavt koinotdan Yer ustidagi ulkan spraytni ko‘rsatdi

21:36 / 23.06.2025
Chilida dunyodagi eng katta teleskop birinchi sinov tasvirlarini uzatdi

17:01 / 28.03.2025
29 mart kuni Quyoshning qisman tutilishi yuz beradi

18:13 / 10.03.2025