Avstraliya Rossiyadan MH17 ishi bo‘yicha sudlanganlarni topshirishni talab qildi
Avstraliya tashqi ishlar vaziri Penni Vongning aytishicha, Rossiya Malayziyaning urib tushirilgan layneri yo‘lovchilari «qotillariga boshpana berayotgani» butun dunyoga ma’lum.

Foto: Reuters
Avstraliya Rossiyadan 2014 yil iyulida Donbass osmonida raketa bilan urib tushirilgan Malayziya aviakompaniyasining Boeing 777 yo‘lovchi samolyoti halokatida aybdor deb topilgan uch kishini topshirishni talab qildi. Haaga okrug sudining MH17 ishi bo‘yicha hukmi Rossiya ushbu hodisa uchun javobgar ekanligini tasdiqlaydi, dedi 18 noyabr, juma kuni Avstraliya tashqi ishlar vaziri Penni Vong jurnalistlarga. «Biz Rossiyani jirkanch jinoyatlari uchun sudga tortilishi maqsadida sudlanganlarni topshirishga chaqiramiz, - dedi Vong. - Rossiya tomonidan hech qanday bo‘yin tovlash, yolg‘on gapirish yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar bu haqiqatdan qochishga yordam bermaydi».
Avstraliya Tashqi ishlar vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning bu odamlarni topshirishdan bosh tortishi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan qattiq ayblov bo‘ldi. «Biz Rossiyaga aytmoqchimiz: siz qotillarga boshpana berayotganingizni butun dunyo biladi va odamlar siz haqingizda gapirmoqda, janob Putin», dedi Penni Vong Avstraliyaning ABC telekanaliga bergan intervyusida.
Bir kun avval Haaga okrug sudi o‘zini «DXR» deb e’lon qilgan hudud sobiq «mudofaa vaziri» Igor Girkin (Strelkov), general-mayor Sergey Dubinskiy va Leonid Xarchenkoni 2014 yil 17 iyulda sodir bo‘lgan Malayziya aviakompaniyasiga tegishli Boeing 777 samolyoti halokatida aybdor deb topdi. Uchalasi ham sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
Sud tomonidan ko‘rib chiqilgan tergov xulosalariga ko‘ra, sudlanuvchilar jinoyat quroli - «Buk» zenit-raketa majmuasining (ZRM) Rossiyadan kelishiga hissa qo‘shgan va uning harakatlarini muvofiqlashtirgan, shu orqali «298 kishining o‘limida asosiy rol o‘ynagan». Shuningdek, sud MN17 reysi Pervomayskiy qishlog‘i yaqinidagi daladan otilgan Rossiyaning «Buk» raketasi bilan urib tushirilganini isbotlagan.
Girkin, Dubinskiy va Xarchenko qurbonlarning yaqinlariga jami 16 million yevro to‘lashga majbur bo‘ladi. Agar ular hukm kuchga kirgandan keyin sakkiz oy ichida buni qilmasa, tovon Niderlandiya davlati tomonidan to‘lanadi, u esa mahkumlardan pul talab qiladi.
Rossiya Haaga sudining MH17 ishi bo‘yicha chiqargan hukmini rad etib, uni siyosiy motivlarga ega, deb atadi. «Protsessning borishi va natijalari shuni ko‘rsatadiki, u Rossiyaning fojiaga aloqadorligi haqidagi Haaga va uning sheriklari, qo‘shma tergov guruhi tomonidan ilgari surilgan versiyani kuchaytirishga qaratilgan siyosiy buyurtmaga asoslangan», — dedi Rossiya TIV 17 noyabrda.
Sudlangan rossiyaliklar Rossiyada. Ular Niderlandiyaga berilmaydi, deb xabar qildi «Interfaks» axborot agentligi huquq-tartibot organlaridagi manbaga tayanib. «Rossiya Konstitutsiyasida Rossiya fuqarolarini xorijiy davlatlarga ekstraditsiya qilish to‘g‘ridan to‘g‘ri taqiqlangan. Shu sababli na bir, na ikkinchi mahkum ekstraditsiya qilinmaydi», - dedi agentlik suhbatdoshi.
Mavzuga oid

19:35 / 02.05.2025
Bloomberg: Tramp jamoasi Rossiyaga iqtisodiy bosimlarni kuchaytirish variantlarini tayyorladi

22:09 / 01.05.2025
Tramp bilan muzokaralar boshlanganidan keyin rossiyalik milliarderlar 15 mlrd dollarga boyidi

17:33 / 01.05.2025
Ukraina Rossiya bilan urushni tugatish uchun 22 ta shartga rozi – Kellog

14:30 / 01.05.2025