Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtoraqam berishdan tushayotgan mablag‘larning yarmi IIVda qolishi mumkin

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berganlik uchun tushayotgan mablag‘lardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi e’lon qilindi.
Hujjatda aytilishicha, hozirda avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari ishlab chiqarish uchun davlat budjeti tomonidan yetarli mablag‘ ajratilmagani sababli fuqarolarga o‘z vaqtida avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari ishlab chiqarib berishda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan 2021 yil to‘qqiz oyi davomida avtotransport vositalariga 475 ming juft ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari rasmiylashtirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2022 yil o‘tgan to‘qqiz oyida 626 ming juftni tashkil qilgan yoki 31,7 foizga oshgani holati fuqarolar davlat raqami belgilariga bo‘lgan ehtiyojlari yildan yilga ko‘payib borayotganidan dalolat beradi.
Qaror loyihasi bilan:
- jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish stavkalari summasi 2022 yil oktabr oyidan yil yakuniga qadar 50 foiz ajratmalari IIV YHXXning alohida budjetdan tashqari hisobraqamiga yo‘naltirilishi;
- Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati budjetdan tashqari alohida hisob raqamiga tushgan mablag‘lar qat’iy ravishda maqsadli tartibda Uzavtomotobelgi DUKda ishlab chiqarilgan avtomototransport vositalari va ular tirkamalari (yarim tirkamalari)ni ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini sotib olish uchun foydalanilishi belgilanmoqda.
Loyihada Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati budjetdan tashqari alohida hisob raqamidagi mablag‘lar qoldig‘i kalendar yil oxirida respublika budjetiga o‘tkazilishi tartibi ham belgilab berilmoqda.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

15:07 / 26.07.2025
Porscheʼning avtobiznesdan foydasi ikkinchi chorakda 91 foizga kamaydi

20:03 / 22.07.2025
Kun.uz surishtiruvlaridan so‘ng ishonchnomaga avtomobilni chet elga olib chiqishga oid band kiritish taklif etilmoqda

12:30 / 19.07.2025
Yunusobodda 5 kgdan ortiq narkotiklar savdosining oldi olindi

13:40 / 16.07.2025