Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda pilla yetishtirish bo‘yicha yetakchi hudud ma’lum qilindi
Respublikamizda qancha pilla yetishtirilgani, bunda qaysi hudud yetakchi ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz
2022 yilning yanvar-sentabr oylarida respublika bo‘yicha jami 24,2 ming tonna pilla xomashyosi tayyorlangan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarga ko‘ra, bu o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,4 foizga oshgan.
Hududlar kesimida yetishtirilgan pilla xomashyosi hajmi bo‘yicha Samarqand viloyati birinchi o‘rinni egalladi – 3 122,6 tonna.
Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 3 115,2 tonna hamda 2 574,4 tonna pilla xomashyosi yetishtirilgan Andijon viloyati va Buxoro viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
Qashqadaryo viloyati – 2 295,8 tonna;
Farg‘ona viloyati – 2 241 tonna;
Namangan viloyati – 2 031,5 tonna;
Xorazm viloyati – 2 015,3 tonna;
Surxondaryo viloyati – 1 832,1 tonna;
Toshkent viloyati – 1 710,4 tonna;
Navoiy viloyati – 1 022,2 tonna;
Jizzax viloyati – 802,7 tonna;
Qoraqalpog‘iston R. 802,1 tonna;
Sirdaryo viloyati – 665,6 tonna.
Mavzuga oid

14:28 / 31.07.2025
Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

21:50 / 30.07.2025
Samarqandda 1 milliard 200 million dollarlik 14 ta yangi loyiha shakllantirildi

15:32 / 30.07.2025
“Samarqandda bolalar dam oladigan joy yo‘q” - Adiz Boboyev yangi parklar tashkil etishni buyurdi

09:49 / 30.07.2025