Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda g‘ildirak o‘g‘rilari 5 kundan beri topilmayapti
Samarqand shahri Sartepa maskani Guliston mahallasida Cobalt avtomobilining to‘rtta g‘ildiragini o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda mashina egasi Kun.uz'ga xabar berdi.

Voqea 15 yanvardan 16 yanvarga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. O‘g‘rilik voqea sodir bo‘lgan joy yaqinidagi ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatadigan shirkat nazorat kamerasiga tushib qolgan. Kameradagi tasvirlarni ko‘rgan mashina egasining aytishicha, o‘g‘rilikni 3 kishi amalga oshirgan. Mashina g‘ildiraklarini yechishni 00:27 da boshlagan o‘g‘rilar 4 ta g‘ildirakni 27 daqiqa ichida yechib olgan.
Yechib olingan g‘ildiraklar ostiga esa beton blok qo‘yib ketilgan. O‘g‘rilikni sodir etgan shaxslar kulrang Nexia 2 mashinasida harakatlangan. Bu ulovning harakati shirkat kamerasidan tashqari boshqa bir nechta kameralarda ham ko‘ringan.
Haydovchi bloklar kuzov qismiga kamida 3 million so‘mlik zarar yetkazgani, 4 ta yangi g‘ildirak esa 5 million so‘m atrofida baholanishini aytmoqda. Cobalt mashinasi 2022 yil may oyida sotib olingan.
Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoiy ish ochilgan. Ammo o‘g‘rilar hamon topilgani yo‘q.
Mavzuga oid

22:03 / 31.07.2025
Avstriyada bankomat o‘g‘rilarining mashhur to‘dasi a’zolari hibsga olindi

14:28 / 31.07.2025
Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

21:50 / 30.07.2025
Samarqandda 1 milliard 200 million dollarlik 14 ta yangi loyiha shakllantirildi

15:32 / 30.07.2025