Xersonda oyog‘idan ayrilgan jangchi ayol, Kiyevda dron ovi. Urush suratlari
Ukrainada urushning 369-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- 27 fevralga o‘tar kechasi Kiyev va Ukrainaning qator oblastlarida rossiyaliklar dronlari hujumlari kuzatildi. Xmelnitskiyda bir kishi halok bo‘lib, yana to‘rt kishi yaralangan.
- Belgorod, Bryansk va Kursk oblastlari gubernatorlari Ukraina bilan chegara hududidagi aholi yashash manzillari o‘qqa tutilgani haqida xabarlar berishgan. Jabrlanganlar yo‘q.
- Irkutskdan bo‘lgan safarbar qilinganlar uchinchi bor Putinga murojaat qilib, komandirlar ularni hech qanday tayyorgarliksiz shturmga yuborayotganidan shikoyat qilishdi. Ular shuningdek og‘ir yaralanganlar va halok bo‘lganlar evakuatsiya qilinmayotgani, chunki qo‘mondonlik «texnikani yo‘qotishdan qo‘rqayotgani»ni aytishgan.
- WizzAir aviakompaniyasi 14 martdan e’tiboran xavfsizlik nuqtayi nazaridan Moldova bilan aviaqatnovlarni to‘xtatadi. Bu haqda mamlakat fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi xabar berdi.
- AQSh moliya vaziri Janet Yyellen Kiyevga tashrif buyurdi va Ukrainaga 1,25 milliard dollar miqdoridagi iqtisodiy yordam ko‘rsatilishini e’lon qildi, bu oldinroq anons qilingan qariyb 10 milliard dollarlik yordam paketining bir qismi bo‘ladi.
- Yevroittifoq Belarusga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi. Cheklov choralari ro‘yxatga kiritilgan jismoniy shaxslarning Yevroittifoq hududiga kirishini cheklash va ularning aktivlarini muzlatishni o‘z ichiga oladi — hozirda ro‘yxatda 195 kishi nomi qayd etilgan, ular orasida Aleksandr Lukashenko ham bor..
Kun kadri. Kiyev osmonida dron izlash

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk oblastidagi pozitsiyalari
Donetsk oblastida janglar va shahar hamda qishloqlar o‘qqa tutilishi davom etmoqda. Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoning 27 fevral kungi svodkasida aytilishicha, shu kunlarda Rossiya qo‘shini Gornyak shahriga (Donetskdan taxminan 40 kilometr g‘arbda) va unga qo‘shni bo‘lgan Zoryanoye qishlog‘iga, shuningdek Donetsk yaqinidagi Avdiyivkaga zarbalar bergan. Bundan tashqari, RF armiyasi Baxmut va Vuhledar shaharlarini ham o‘qqa tutmoqda.
«Belaruskі Gayun» monitoring guruhi ma’lumotiga ko‘ra, Belarusdan Rostov oblasti hududi orqali Donetsk tomonga shaxsiy tarkib va harbiy texnikalar ortilgan eshelon yo‘lga chiqqan.
Donetsk oblastida havo harorati isiy boshladi, natijada yo‘l va okoplarda loygarchilik yuzaga kelgan. Quyida ukrain harbiylari qanday sharoitlarda Rossiya yurishlarini to‘xtatib turgani aks etgan suratlar.

Lisi Niesner / Reuters / Scanpix / LETA

Yan Dobronosov / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainlarning Baxmut atrofidagi dala hospitali
Baxmut yo‘nalishidagi vaziyat borgan sari yomonlashmoqda — bu haqda Volodimir Zelenskiy 27 fevral kungi kechki murojaatida aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shini «ukrainlar pozitsiyalarini himoya qilish, mustahkamlash uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan barcha narsani yo‘q qilmoqda». Ukraina prezidenti shuningdek «Donbassdagi shu va boshqa yo‘nalishlarda mudofaani qahramonlarcha ushlab turgan» Ukraina qurolli kuchlari jangchilariga minnatdorchilik bildirgan.
Ukraina qurolli kuchlari quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Oleksandr Sirskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Baxmut atrofiga «Vagner» XHKning nisbatan yaxshi tayyorlangan shturm otryadlarini tashlagan. RF mudofaa vazirligi 27 fevral kungi brifingda Rossiya qo‘shinlari Ukraina armiyasining Baxmut atrofida joylashgan o‘q-dori omborini aniq nishonga olgani haqida xabar berdi.


Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA


Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Baxmutda kino namoyishi

Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Odessa hospitalidagi ukrainalik harbiy xizmatchi

Urush vaqtidagi Donetsk manzaralari

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA


Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press

Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press

Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press

Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Mavzuga oid

18:03 / 06.05.2025
Kanada Rossiyaning ulkan «Ruslan» samolyotini musodara qiladi

15:40 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi Putinga Ukrainaga harbiy yordamni ikki baravar oshirish bilan tahdid qildi

13:37 / 06.05.2025
Reuters: G‘arb Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishni muhokama qilmoqda

21:14 / 05.05.2025