Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YUNISEF: Homilador va emizikli ayollar orasida to‘yib ovqatlanmaslik darajasi ortmoqda
YuNISEF ma’lumotlariga ko‘ra, oziq-ovqat inqirozidan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatlarda to‘yib ovqatlanmaydigan homilador va emizikli ayollar soni 2020 yildagi 5,5 milliondan hozirda 6,9 millionga yetdi.

Foto: AFP
Inqirozga uchragan mamlakatlarda so‘nggi yillarda to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekayotgan yosh ayollar soni keskin oshdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF)ning 7 mart, seshanba kuni Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida e’lon qilingan hisobotida aytiladi.
Hisobotga ko‘ra, global oziq-ovqat va ovqatlanish inqirozidan eng ko‘p zarar ko‘rgan 12 mamlakatda 6,9 million homilador va emizikli qiz va ayollar to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda. Bu 2020 yilga nisbatan 25 foizga ko‘p, o‘shanda bu ko‘rsatkich 5,5 mln edi.
Bu davlatlar, jumladan Afg‘oniston, Burkina-Faso, Yaman, Keniya, Mali, Niger, Nigeriya, Somali, Sudan, Chad, Efiopiya va Janubiy Sudan «Ukrainadagi urush va davom etayotgan qurg‘oqchilik, ayrim mamlakatlardagi ziddiyat va beqarorlik tufayli kuchaygan global oziq-ovqat inqirozining episentrini ifodalaydi», deb yozadi YUNISEF.
Hisobotda qayd etilishicha, butun dunyo bo‘ylab bir milliarddan ortiq qiz va ayollar to‘yib ovqatlanmaslik, tana vaznining kamligi va bo‘yi pastligi, shuningdek, muhim mikroelementlar tanqisligi va kamqonlikdan aziyat chekmoqda, bu ularning hayoti va farovonligi uchun halokatli oqibatlarga olib keladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Angren voqeasi: pedofiliya qurboni bo‘lgan o‘smir qiz qonun himoyachilariga yana ko‘zgu tutdi
Jamiyat | 20:44
-
O‘zbekistonda avgust oyida qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?
O‘zbekiston | 20:40
-
Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 20:38
-
Toshkent viloyatida qizining nomusiga tekkan ota 12 yilga qamaldi
Jamiyat | 20:35
Mavzuga oid

20:29 / 21.07.2025
Markaziy bank oxirgi bir yilda narxlari eng ko‘p o‘zgargan tovarlarni ma’lum qildi

15:44 / 05.07.2025
YUNISEF: Ukrainada tobora ko‘proq bolalar urush qurboniga aylanmoqda

15:37 / 24.06.2025
Shisha butilkalarda plastik butilkaga nisbatan ko‘proq mikroplastmassa borligi aniqlandi

15:14 / 04.06.2025