Farg‘onada sobiq o‘quvchilar maktabga yangi bino qurib berdi
Navro‘z bayrami arafasida Uchko‘prik tumanidagi 39-maktabning yangi 220 o‘rinli o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
E’tiborlisi, bino maktab bitiruvchilarining tashabbusi bilan bunyod etilgan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati vakili Laylo Rustamova Kun.uz’ga xabar berdi.
“Maktabning binosi 1974 yilda 220 o‘ringa mo‘ljallab qurilgan bo‘lib, muassasada 438 nafar o‘quvchi ta’mirtalab sinf xonalarida ikki navbatda ta’lim olayotgan edi.
Qisqa muddatda ta’lim maskani uchun 220 o‘rinli yangi o‘quv binosi qad rostladi. Mavjud 220 o‘rinli eski bino ham ta’mirlandi.
Bundan tashqari, 6 ta sinfxonasi, kompyuter sinfi, zamonaviy mebel va o‘quv jihozlari bilan ta’minlandi.
Ushbu xayrli ishlarni amalga oshirishga 3 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi.
Yangidan barpo etilgan ta’lim maskani o‘quvchilar va ularning ustozlari uchun o‘ziga xos sovg‘a bo‘ldi.
Bu yerda o‘quvchilarning bilim olishi uchun endi barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud”, – deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pentagon ayollar huquqlarini kengaytirish dasturini yopdi
Jahon | 23:31
-
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:12
-
29 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:24
-
YeI sudi Maltadan «oltin pasportlar» berishni to‘xtatishni talab qildi
Jahon | 22:21
Mavzuga oid

10:33 / 25.09.2024
Farg‘onada poyezd ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan o‘quvchilarni tok urdi

10:11 / 06.03.2024
Farg‘onada ota va o‘g‘il ichki ishlar organi xodimlari tomonidan kaltaklandi. Prokuratura holatni tekshirmoqda

08:45 / 03.03.2024
Farg‘onada xavfsizlik choralari ko‘rilmagan zapravka gaz ta’minotidan ajratildi

08:39 / 03.12.2023