Baxmutdagi «Da Vinchi bo‘rilari» va Zaporijjya oblastiga tushgan aviabomba. Urush suratlari
Ukrainada urushning 405-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Peterburgdagi portlashga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olingan Darya Trepova ikki oy muddatga — 2 iyunga qadar hibs qilindi. Kafedagi portlash oqibatida «voyenkor» Vladlen Tatarskiy halok bo‘lib, yana 33 kishi yaralangan.
- Bu portlash uchun javobgarlikni «Milliy respublika armiyasi» o‘z zimmasiga oldi. «Bu aksiyani biz mustaqil tarzda tayyorladik va amalga oshirdik, bizda hech qanday aloqalar yo‘q va hech qanday xorijiy tuzilmalardan yoki maxsus xizmatlardan yordam olmaganmiz», — deyilgan tashkilot bayonotida.
- Nijniy Tagilda FXX mudofaa-sanoat kompleksi korxonasida ishlovchi er va xotinni Ukraina foydasiga josuslik qilishda ayblab qo‘lga oldi. Ular «davlatga xiyonat»da ayblanmoqda.
- AQSh Ukrainaga 2,6 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi.
- Rossiya qo‘shini 4 aprelga o‘tar kechasi Odessa oblastiga Shahed kamikadze dronlari bilan hujum qildi. Odessa harbiy ma’muriyatiga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa tizimi 17 drondan 14 tasini urib tushirgan.
Kun kadri. Chasiv Yardagi ukrain askari

Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Baxmutda ukrainlarning «Volki Da Vinchi» bataloni jangchilari
«Volki Da Vinchi» (Da Vinchi bo‘rilari) — Ukraina QK quruqlik qo‘shinlari 1-alohida mexanizatsiyalashgan bataloni bo‘lib, 2014 yilda shturmchi rota sifatida tashkil topgandi. Batalon bunday nomni o‘z komandiri — «Da Vinchi» laqabli ko‘ngilli Dmitro Kotsyubaylo sharafiga olgan, The New York Times nashrining 2021 yildagi maqolasida yozilishicha, u Avdiyivkadagi ofisida qo‘lga o‘rgatilgan bo‘ri saqlagan. 2021 yilda Kotsyubaylo hayotligida Ukraina Qahramoni unvonini olgan ilk ko‘ngilli bo‘lgandi.
Kotsyubaylo 7 mart kuni Baxmut uchun janglar chog‘ida halok bo‘ldi. Uning o‘limiga munosabat bildirar ekan, Volodimir Zelenskiy «Da Vinchi»ni «jasorat ramzi bo‘lgan inson» deb atadi. Ukrainaning NV nashri yozishicha, jangchining Kiyevdagi dafn marosimiga minglab kishilar kelgan, ular qatorida Ukraina prezidentidan tashqari Finlandiya bosh vaziri Sanna Marin, Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy hamda mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov bor edi. Kotsyubayloning o‘limidan keyin batalonga kim rahbarlik qilayotgani ma’lum emas.
«Volki Da Vinchi» jangchilari Baxmutni qanday himoya qilayotgani quyidagi suratlarda.

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Horlivka yaqinidagi Nyu-York qishlog‘i atrofida ukrain pozitsiyalari
Nyu-York posyolkasi (2021 yilga qadar Novgorodskoye deb atalgan) frontbo‘yi shahar hisoblangan, rossiyalik harbiylar 2014 yildayoq egallab olgan Horlivka shahridan taxminan 30 kilometr masofada joylashgan. Nyu-Yorkning o‘zi Ukraina armiyasi nazoratida — va RF armiyasi tomonidan muntazam ravishda o‘qqa tutiladi.

Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA


Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA
Zaporijjya oblastidagi aviabomba

Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA

Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
O‘ldirilgan «voyenkor» Vladlen Tatarskiy Donetskdagi bilbordda

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

21:14 / 05.05.2025
KXDR askarlarining urushdagi ishtiroki nega yashirildi-yu, nega endi tan olindi?

14:21 / 05.05.2025
NYT: Isroildan Ukrainaga Patriot kompleksi yuboriladi

13:22 / 05.05.2025
Rossiya Ukrainani yana o‘qqa tutdi: bir kishi halok bo‘ldi, 10 dan ortiq kishi yaralandi

19:15 / 03.05.2025