Donbassdagi janglar: Rossiya Konstantinovka va Chasiv Yarni, Ukraina - Donetskni o‘qqa tutdi. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 407-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina tomonida jang qilayotgan «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» Bryansk oblastida «jangovar topshiriqlar bajarilgani» haqida xabar berdi. Undan avvalroq RF mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar 15 kishidan ortiq diversiya guruhining Bryansk oblastiga bostirib kirishining oldini olgani haqida ma’lum qilgandi.
- «Vajnyye istorii»ning yozishicha, rossiyaliklarning ko‘ngillilar va yollanma jangchilar orasidagi yo‘qotishlari kamida sakkiz ming kishini tashkil etadi. Jurnalistlar boquvchisini yo‘qotgani munosabati bilan Rossiya pensiya jamg‘armasidan nafaqa oladiganlar soni bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rganishgan. U mudofaa vazirligidan pensiya olish huquqiga ega bo‘lmagan qurbonlarning qarindoshlari tomonidan rasmiylashtirilgan. Ko‘ngillilar va yollanma jangchilar orasidagi qurbonlarning haqiqiy soni bundan ancha ko‘p bo‘lishi ham mumkin.
- Ukraina qo‘shini okkupatsiya qilingan Donetsk bo‘ylab zarba berdi. «RIA Novosti» ma’lumotiga ko‘ra, tinch aholi vakillaridan besh kishi halok bo‘lgan. «Interfaks» RF Tergov qo‘mitasining annexia qilingan «DXR»dagi boshqarmasiga tayanib xabar berishicha, to‘qqiz kishi halok bo‘lgan.
Kunning asosiy voqeasi. Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lganlar
Okkupatsiya ostidagi Donetsk rasmiylariga ko‘ra, 6 aprel kuni ukrain qo‘shini shaharning Kalininskiy, Budennovskiy va Kiyevskiy rayonlarini o‘qqa tutgan. «RIA Novosti» tinch aholi vakillaridan besh kishi halok bo‘lganini xabar qilgan. «Interfaks» RF Tergov qo‘mitasining annexia qilingan «DXR»dagi boshqarmasiga tayanib xabar berishicha, to‘qqiz kishi halok bo‘lib, yetti kishi yaralangan. Ukraina tomoni Donetsk bo‘ylab berilgan zarbalar yuzasidan izoh bermadi.
Quyida shaharga hujum oqibatlari aks etgan suratlar.

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA


Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donbass shimolidagi ukrain harbiylari

Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Konstantinovkaga zarba
Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati xabar berishicha, 5 aprel kuni Rossiya qo‘shini Konstantinovka bo‘ylab zarba berishdi — bu okkupatsiya ostidagi Donetsk shahridan taxminan 80 kilometr masofada joylashgan shahar. Raketalar shahar shifoxonasiga, uysizlarni ro‘yxatga olish markaziga, xususiy va ko‘p kvartirali uylarga kelib tushgan, tinch aholi vakillaridan besh kishi yaralangan.

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Chasiv Yardagi hayot

Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

21:14 / 05.05.2025
KXDR askarlarining urushdagi ishtiroki nega yashirildi-yu, nega endi tan olindi?

14:21 / 05.05.2025
NYT: Isroildan Ukrainaga Patriot kompleksi yuboriladi

13:22 / 05.05.2025
Rossiya Ukrainani yana o‘qqa tutdi: bir kishi halok bo‘ldi, 10 dan ortiq kishi yaralandi

19:15 / 03.05.2025