Dniproda yangi qazilgan qabrlar, Donetsk oblastida o‘lja qilingan texnikalar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 423-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Belgorodda 20 aprel kuni Rossiya harbiy samolyotidan snaryad tushib ketgan joyda aviabomba topildi. Operativ xizmatlar 17 ta ko‘p kvartirali uy aholisini evakuatsiya qildi va yer ostidagi snaryadni olib chiqdi. Uni keyin poligonda portlatishgan.
- Volodimir Zelenskiy Rossiyani «yuksaltiradigan, abadiylashtiradigan, targ‘ib qiladigan yoki simvollashtiradigan» geografik obektlarga nom berishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Shuningdek, Zelenskiy Rossiya bilan aloqador bo‘lgan 40 nafar jismoniy va 300 dan ortiq yuridik shaxslarga sanksiya qo‘llagan.
- Rossiya Moskvada ishlayotgan taxminan 90 nafar nemis diplomatlaridan 34 nafarini chiqarib yubordi. Rossiya TIV bu qadamni Germaniyadan rossiyalik diplomatlar «yoppasiga chiqarib yuborilgani»ga javob bo‘lganini ma’lum qildi.
- Yevgeniy Prigojin Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov undan o‘z o‘g‘lini «Vagner»ga qabul qilishni so‘ragani — va u hozirda «oddiy artilleriyachi sifatida ishlayotgani»ni aytdi.
- Albaniya bu yozda RF fuqarolari uchun vizasiz rejim qo‘llamaydi, avvalgi yillarda shunday rejim amal qilgandi.
Baxmut uzra tutun. Ukraina qo‘shini shahar mudofaasini davom ettirmoqda
Shahar uchun jang to‘qqizinchi oydirki davom etmoqda. Bu yerda Ukraina tomoni hozircha inqirozli holatni ortda qoldira olmadi: Ukraina QK shaharning faqat g‘arbiy kvartallarini nazorat qilmoqda, bu hududdagi garnizon ham qurshovga tushish xavfi ostida.
21 aprel kuni «Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojin shahar to‘liq qurshovga tushgani haqida gap yo‘qligi va uning uchun «og‘ir janglar» davom etayotganini ma’lum qildi. Avvalroq Prigojin shaharning 80 foiz hududi Rossiya bo‘linmalari tomonidan nazorat qilinayotganini aytgandi. Ukraina mudofaa vaziri Anna Malyar esa Rossiya armiyasi hujumlarni davom ettirayotgani, «ayrim uchastkalarda ilgarilayotgani», ammo vaziyat «nazorat ostida qolayotgani»ni aytgan.

Ukraina QK «Xolodnyy Yar» nomli 93-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi matbuot xizmati / Reuters / Scanpix / LETA

Anna Kudriavseva / Reuters / Scanpix / LETA

Anna Kudriavseva / Reuters / Scanpix / LETA

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Chasiv Yardagi hayot

Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Izyumdagi vayrongarchiliklar

Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA




Ukraina premer-ligasida bir daqiqa sukut

Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Dniproda oldindan qazib tayyorlab qo‘yilgan o‘nlab qabrlar
Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinining dastlabki uch oyida Dnipro shahridagi harbiy qabristonga 293 kishi dafn etilgan — bu haqda 2022 yil iyunida The Washington Post gazetasi yozgandi. Harbiy kapellan Dmitro Povorotniyga ko‘ra, harbiy harakatlarning oldingi sakkiz yilida qabristonda 175 ta qabr paydo bo‘lgandi. 2023 yil 21 aprelida olingan suratda o‘nlab yangi qabrlarni ko‘rish mumkin — ular oldindan qazib tayyorlab qo‘yilgan.
2023 yil aprelida Ukraina hukumati Kiyevda 50 ming qabr uchun mo‘ljallangan harbiy qabriston, turli diniy marosim binolari va muzeyni o‘z ichiga oladigan yodgorlik majmuasini tashkil etish rejasi haqida e’lon qilgandi. Oliy rada 2022 yil may oyidayoq maxsus ajratilgan yer uchastkasida shunday majmua qurish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgandi.

Donetsk oblastida ta’mirlanayotgan harbiy texnikalar
Oryx’ning OSINT-loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon Ukraina qurolli kuchlari avval Rossiya qurolli kuchlariga tegishli bo‘lgan kamida 544 ta tank va 265 ta zirhli transportyorni qo‘lga kiritgan. Ukrainlarning 2022 yil kuzidagi yurishidan keyin The Wall Street Journal nashri Rossiya Ukrainada qoldirgan og‘ir qurollar soni g‘arbning istalgan mamlakati Kiyevga yetkazib berganidan ko‘proq ekani haqida yozgandi.
Oryx tahlilchisi Yakub Yanovskiyning qayd etishicha, o‘lja qilib olingan qurollarning faqat bir qismi ishlatishga yaroqli — ularning aksar qismi ta’mirlashni talab etadi. Ukraina QK 80-alohida desant-shturm brigadasi ustaxonasida mexaniklar o‘lja qilib olingan texnikalarni ham, Ukrainaning shikastlangan texnikalarini ham ta’mirlash bilan shug‘ullanmoqda. Bu texnikalar tuzatilib, yana frontga, Ukraina bayrog‘i ostida jang qilish uchun yuboriladi.

Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA


Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

21:14 / 05.05.2025
KXDR askarlarining urushdagi ishtiroki nega yashirildi-yu, nega endi tan olindi?

14:21 / 05.05.2025
NYT: Isroildan Ukrainaga Patriot kompleksi yuboriladi

13:22 / 05.05.2025
Rossiya Ukrainani yana o‘qqa tutdi: bir kishi halok bo‘ldi, 10 dan ortiq kishi yaralandi

19:15 / 03.05.2025