AKTni joriy etishga mas’ul davlat xizmatchilari har 3 yilda majburiy malaka oshiradi
1 avgustdan 2500 nafardan ziyod respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik boshqaruvi organlarida AKTni joriy etish uchun mas’ul xodimlarning uch yilda bir marotaba majburiy malakasini oshirish tartibi joriy etiladi.

Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi
Raqamli texnologiyalar vazirligida Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mas’ullari bilan Vazirlar Mahkamasining «Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini amaliyotga joriy etish bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tdi.
Ushbu qarorga ko‘ra, malakani baholash attestat.egov.uz axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, 2023 yil 1 avgustdan boshlab, 2500 nafardan ziyod respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik boshqaruvi organlarida AKTni joriy etish uchun mas’ul xodimlarning uch yilda bir marotaba majburiy malakasini oshirish tartibi joriy etiladi.
1 soat ichida berilgan test savollaridan o‘tib, 55 balldan yuqori ko‘rsatkichga ega xodimlarga QR-kod qo‘yilgan reyting baholash guvohnomasi rasmiylashtiriladi.
Yaratilgan imkoniyatlar:
— reyting baholash natijasini real vaqt rejimida olish;
— talabgorlarning faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha bilimini baholashning shaffof mexanizmi;
— xodim reyting baholashdan muvaffaqiyatsiz o‘tganida, qaysi yo‘nalishda malakasini oshirish zarurati bo‘yicha avtomatik ravishda tavsiya shakllantiriladi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Metallica konserti kuchsiz zilzilaga sabab bo‘ldi
Jahon | 16:02
-
Parlamentda ko‘pchilik bloki tuzildi. Endi muxolifat ham paydo bo‘ladimi?
O‘zbekiston | 15:35
-
Kolumbiya Panama sobiq prezidentiga boshpana taqdim etdi
Jahon | 15:28
-
Shri-Lankada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 15:08
Mavzuga oid

10:42 / 01.05.2025
Mahalliy korxonalar mutaxassislari xorijda malaka oshiradi

13:35 / 03.03.2025
Ayrim pedagoglarga to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka toifasi beriladi

14:31 / 01.02.2025
Britaniya O‘zbekiston davlat xizmatchilari uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etadi

08:10 / 25.09.2024