Jahon | 11:17 / 28.06.2023
4416
2 daqiqa o‘qiladi

YeMB banklarni Rossiyadan chiqib ketishni tezlashtirishga chaqirdi

Yevropa Markaziy banki Rossiyada faoliyat yuritayotgan banklarning huquqiy va moliyaviy tavakkalchiligi oshishini ta’kidlamoqda.

Foto: Kai Pfaffenbach / Reuters

Yevropa Markaziy banki Yevgeniy Prigojin isyoni ortidan xavf-xatar kuchaygani sababli moliya institutlarini Rossiyadan chiqib ketishni tezlashtirishga chaqirdi. Bu haqda Reuters 27 iyun, seshanba kuni Yevropa Markaziy banki kuzatuv kengashi raisi Andrea Enriaga tayanib xabar berdi.

Enria Yevropa parlamenti deputatlariga yo‘llagan maktubida uning bo‘limi «banklarni aniq yo‘l xaritalarini qabul qilish orqali qisqartirish va chiqish strategiyalarini tezlashtirishga chaqirgani», shuningdek, «YeMB boshqaruv organlariga va bank nazoratiga ushbu rejalarni amalga oshirish to‘g‘risida muntazam ravishda hisobot berishni» aytdi. Rossiyada faoliyatini davom ettirish huquqiy va moliyaviy xavflarni oshiradi, dedi Enria. 

Rossiyada biznes yuritishda davom etayotgan Yevropaning eng yirik kredit tashkilotlari Avstriyaning Raiffeisen Bank International (RBI), Vengriya OTP Group va Italiyaning UniCredit bo‘lib qolmoqda, deb yozadi Reuters. RBI bosh direktori Iogann Shtroblning aytishicha, tashkilot Rossiyani «to‘liq» tark etish ssenariylari ustida ishlamoqda. Avvalroq avstriyalik guruh Rossiya biznesini sotish yoki ajratish masalasini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid