Jahon | 20:56 / 10.07.2023
9977
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada Bayraktar dronini ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi 

2025 yilda mamlakatda Turkiyaning Bayraktar TB2 va Bayraktar Akinci dronlarini ishlab chiqarish boshlanishi kutilmoqda. 

Foto: AP / DHA

Ukraina strategik sanoat vaziri Aleksandr Kamishin mamlakatda Turkiyaning «Bayraktar» uchuvchisiz samolyotlarini ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlanganini ma’lum qildi. 

«Ukrainada bir-ikki yildan beri gapirilayotgan Bayraktar zavodiga kelsak, qurilish ishlari boshlangan. Bu borada muzokaralar bo‘ldi, keyin to‘xtab qoldi, janjallar ham bo‘ldi. Bu zavod nafaqat qog‘ozda, balki amalda qurila boshlandi», dedi Kamishin. 

8 iyul kuni Turkiya va Ukraina o‘rtasida dronlarni birgalikda ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolangan edi. Turkiyaning Baykar kompaniyasi bosh direktori Xoluq Bayroqtor so‘zlariga ko‘ra, kompaniya 2025 yilda Ukrainada Bayraktar TB2 va Bayraktar Akinci dronlarini ishlab chiqarishni boshlaydi. 

Ukrainada Bayraktar zarba beruvchi dronlarini ishlab chiqaruvchi zavod qurish rejalari haqida Turkiyadagi elchi Vasiliy Bodnar 2022 yil avgust oyida e’lon qilgan edi.  

Kiyev viloyatidagi zavodning maydoni 30 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lishi kerak, unda 300 nafar ukrainalik muhandis va texniklar ishlaydi. Ukrainadagi Bayraktar markazi qurilishi uchun joy shu yilning fevral oyida kelishilgan edi. 

Mavzuga oid