Jahon | 11:09 / 08.09.2023
7314
2 daqiqa o‘qiladi

G20 Afrika Ittifoqini o‘z safiga «doimiy a’zo» sifatida qabul qiladi

Unda qit’aning 1,2 milliard aholisi guruhiga qo‘shilgan holda, rivojlanayotgan mamlakatlarning muammolari batafsilroq muhokama qilinadi. 

Foto: Anadolu Agency

OAV dunyoning 20 ta yirik iqtisodiyotini birlashtirgan G20Afrika Ittifoqini «doimiy a’zo» sifatida qabul qilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi

Amerika OAVning xabar berishicha, Afrika Ittifoqi shu hafta Hindistonda bo‘lib o‘tadigan sammitda Yevropa Ittifoqiga (YeI) o‘xshash maqomga ega chiqib, G20’ga «doimiy a’zo» sifatida qabul qilinadi.

Ko‘p yillardan buyon guruhga qo‘shilishga intilgan Afrika Ittifoqi qit’aning 54 davlatiga birgalikda vakillik qiladi. 

Qit’aning 1,2 milliard aholisi guruhi qo‘shilishi bilan G20’da rivojlanayotgan mamlakatlar muammolari batafsil muhokama qilinishi, shuningdek, global muammolarga umumiy yechimlar ishlab chiqilishi kutilmoqda. 

1999 yilda tuzilgan hamda Yevropa Ittifoqi va 19 davlatdan tashkil topgan Yigirmalik guruh (G20) 2003 yildan buyon yetakchilar darajasida yig‘ilib kelmoqda. 

G20 mamlakatlari hissasiga jahon yalpi ichki mahsulotining 85 foizi, xalqaro savdoning 75% foizi va dunyo aholisining uchdan ikki qismi to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid