Samarqandda sodir bo‘lgan yong‘inda restoran binosining bir qismi yonib ketdi
Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Samarqand shahrida sodir bo‘lgan yong‘inda MChJ binosining tom va shifti yonib ketgan. Viloyat FVB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa bugun, 9 yanvar kuni sodir bo‘lgan.
Viloyat FVBga soat 14:38 larda Samarqand shahar A.Jomiy ko‘chasida joylashgan “OASIS GARDEN BOG‘ISHAMOL” MChJ binosida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:42 da voqea joyiga yetib borib, soat 15:02 da yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida MChJga tegishli binoning taxminan 50 metr kvadrat maydonida tom va shift qismi yonib zararlangan.
Tezkor harakatlar natijasida binoning 400 metr kvadrat maydoni saqlab qolingan.
Mavzuga oid

11:42 / 14.06.2025
Toshkent, Jizzax va Samarqandda uglerod xomashyosini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

22:03 / 11.06.2025
Samarqand viloyatida ikki ishchi tok urishi oqibatida vafot etdi

16:58 / 09.06.2025
Samarqanddagi Tillakori madrasasi restavratsiya qilinadi

13:42 / 07.06.2025