Samarqandda aholiga imtiyozli narxda sotilgan gaz pulini o‘zlashtirgan tuman gaz idorasi xodimlari ushlandi
To‘rt nafar xodim oktyabr va noyabr oylarida aholiga imtiyozli narxda yetkazib berilgan suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan pullarni talon-toroj qilgan.

Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Toyloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Toyloqtumangaz” bo‘limi suyultirilgan gaz tarqatish xizmati xodimlarining jinoiy harakatlari aniqlangan.
To‘rt nafar xodim I.S., K.D., I.O. va F.A. o‘zaro til biriktirib, 2023 yilning oktyabr-noyabr oylarida imtiyozli narxda aholi xonadonlariga yetkazib berilgan suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan 346,9 mln so‘mni bank kassasiga kirim qilmasdan o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

11:42 / 14.06.2025
Toshkent, Jizzax va Samarqandda uglerod xomashyosini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

22:03 / 11.06.2025
Samarqand viloyatida ikki ishchi tok urishi oqibatida vafot etdi

16:58 / 09.06.2025
Samarqanddagi Tillakori madrasasi restavratsiya qilinadi

13:42 / 07.06.2025