Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donetsk va Odessada dafn marosimlari, Qizil maydonda Putin va saylovdagi «raqiblari» ishtirokida konsert. Urush suratlari
Ukrainada urushning 754-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Belgorod oblastida bir haftalik o‘qqa tutishlar oqibatida 11 kishi halok bo‘lib, 80 dan ortiq kishi jarohatlandi.
- Belgorod oblastining Nikolskoye qishlog‘ida zarba oqibatida to‘rt kishidan iborat oila a’zolari halok bo‘lgan.
- Ukraina qurolli kuchlari tun davomida rossiyalik harbiylar uchirgan 22 ta drondan 17 tasi urib tushirilganini ma’lum qildi. Kriviy Rihda dron parchalari turar joy binosi ustiga tushgan.
- Xarkiv oblastida raketa zarbasi o‘t o‘chirish qismiga kelib tushdi. Bir nafar qutqaruvchi jarohatlangan.
- Yevroittifoq Ukrainaga harbiy yordam uchun besh milliard yevro ajratishni ma’qulladi.
- WSJ ma’lumotiga ko‘ra, Chexiya Ukraina uchun 800 mingta artilleriya snaryadlari sotib oldi va qo‘shimcha sifatida yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan yana 700 ming snaryad topdi. Chexiyalik mulozimlarga ko‘ra, yetkazib beruvchi mamlakatlar orasida Rossiya ittifoqchilari ham bor.
- Putin Qrim anneksiyasining 10 yilligiga bag‘ishlangan konsertda Rostovdan Berdyanskka olib boruvchi temiryo‘lni tiklash rejasi haqida ma’lum qildi.
Irpinda xarobalarni tozalayotgan ko‘ngillilar
«Qayta tiklash uchun jasorat» («Brave to Rebuild») nomli ko‘ngillilar jamoasi Ukrainaning turli chekkalaridagi shahar va qishloqlarda Rossiya bosqinidan jabrlangan ko‘rgan ko‘chalarni tartibga keltirish hamda xarobalarni tozalash ishlari bilan shug‘ullanadi. Ko‘ngillilar orasida ukrainlar ham, yordamga kelgan xorijliklar ham bor, degandi bir yil oldin DW bilan suhbatda ushbu tashabbus asoschilaridan biri Vitaliy Selik, o‘shanda «Qayta tiklash uchun jasorat» Buchada ishlagandi. 2024 yil martida ko‘ngillilar Irpindagi xarobalarni tozalamoqda — bu Kiyev oblastining Rossiya bosqinining ilk haftalarida jabr ko‘rgan yana bir shahri.



Odessada halok bo‘lgan o‘t o‘chiruvchining dafn marosimi
15 mart kuni Rossiya qo‘shini Odessa bo‘ylab ikki bor raketa zarbasi yo‘lladi. Ikkinchi raketa birinchi zarba oqibatlarini bartaraf etayotgan qutqaruvchilar ustiga uchirilgan. 20 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, jumladan 39 yoshli o‘t o‘chirish mashinasi haydovchisi Vitaliy Alimov ham. U og‘ir tan jarohati olgan va 16 mart kuni shifoxonada vafot etgan. 18 mart kuni Alimov Odessa oblastining Belgorod-Dnestrovskiy shahrida dafn etildi.

Victor Sajenko / AP / Scanpix / LETA

Victor Sajenko / AP / Scanpix / LETA
Donetskda halok bo‘lgan bolalarning dafn marosimi
Donetskda 17 mart kuni uch bola dafn etildi. Anneksiya qilingan DXR rasmiylari 2007 yilda tug‘ilgan qiz, 2014 yilda tug‘ilgan bola hamda 2021 yilda tug‘ilgan qizcha 15 mart kuni Petrovskiy rayonida ukrain harbiylari zarbasi oqibatida yonib ketgan uyda halok bo‘lganini ma’lum qilgan. Petrovskiy rayoni — Donetsk shahrining g‘arbiy chekkasi — shaharning markazdan eng uzoq joylashgan qismidir. DXR rasmiylari 2014 yildan buyon muntazam ravishda ukrain harbiylarini ushbu hududni o‘qqa tutishda ayblab keladi. 17 yoshli Viktoriya, 10 yoshli Volodimir va ikki yoshli Melaniya bir oila a’zolari bo‘lishgan, ularni yonma-yon dafn etishgan.


Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Belgorod o‘qqa tutilishi oqibatlari
So‘nggi haftalarda Belgorod deyarli har kuni o‘qqa tutilmoqda, natijada uylar va avtomobillar shikastlanmoqda, mahalliy aholi vakillari halok bo‘lmoqda yoki jarohat olmoqda. Zarbalar oqibatlari aks etgan fotolarni region rahbari Vyacheslav Gladkov ham e’lon qilmoqda. Belgorod RF prezidentligi uchun uch kun davom etgan saylovlar vaqtida ham muntazam ravishda o‘qqa tutildi. Gladkov 19 mart kuni oblastning chegara hududlaridan to‘qqiz ming kishi evakuatsiya qilinishi haqida e’lon qildi.


Qrim anneksiya qilinganining o‘n yilligi
RF prezidentligi uchun ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Vladimir Putin saylovchilar rekord darajada ko‘p qatnashgan saylovda saylovchilarning rekord darajadagi qo‘llovi bilan yangi, beshinchi muddatga saylandi. Uch kun davom etgan ovoz berish jarayonining ertasiga Qizil maydonda Qrim anneksiyasining 10 yilligiga bag‘ishlangan «miting-konsert» o‘tkazildi. Unda Putin saylovdagi raqiblari bilan birga sahnaga ko‘tarildi.


Aleksandr Zemlyanichenko / AP / Scanpix / LETA

Maksim Shemetov / Reuters / Scanpix / LETA


Natalya Kolesnikova / AFP / Scanpix / LETA

Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

22:11 / 27.07.2025
Ukraina to‘rt davlat kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan sanksiyalar kiritdi

17:56 / 27.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?

20:02 / 26.07.2025
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

18:40 / 26.07.2025