Jahon | 14:12 / 25.03.2024
8798
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada barcha ta’lim muassasalariga mamlakat bayrog‘ini osib qo‘yish majburiyati yuklandi

1 sentabrdan boshlab Rossiya bayrog‘i nafaqat maktablar, gimnaziyalar va litseylar, balki bolalar bog‘chalari, kollej va oliy o‘quv yurtlari tomonidan ham osib qo‘yilishi kerak. Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar tashabbuskori bir guruh deputatlar va senatorlar bo‘ldi.

Foto: Konstanin Kokoshkin/Pivcario/picture alliance

1 sentabrdan boshlab Rossiyadagi barcha ta’lim muassasalari o‘z binolarida RF davlat bayrog‘ini osib qo‘yishi yoki doimiy ravishda o‘z binolariga o‘rnatishi shart. Prezident Vladimir Putin tomonidan imzolangan tegishli qonun 23 mart kuni rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi. 

Qonunning amaldagi tahriri faqat umumiy ta’lim muassasalariga (maktab, gimnaziya va litseylar) nisbatan qo‘llanadi. Yangilik bolalar bog‘chalari, kollejlar va oliy o‘quv yurtlariga ham ta’sir qiladi. 

Joriy yilning fevral oyida bir guruh Davlat dumasi deputatlari va Federatsiya kengashi a’zolari mamlakatdagi barcha ta’lim muassasalari uzra bayroq ko‘tarib qo‘yishni majburiy qilishni taklif etgandi. Parlamentning har ikki palatasi ham mart oyida tashabbusni ma’qullagan. 

Mavzuga oid