Rosselxoznadzor O‘zbekistondagi urug‘lik sinov laboratoriyalarini tekshiradi
Laboratoriyalar Rossiya qonunchiligiga muvofiq kelmasa, ulardan urug‘lik va ko‘chat materiallarini olib kirish taqiqlanadi.

Foto: Depositphotos
Rossiyaning Rosselxoznadzor tashkiloti 2024 yilda oltita davlatda qishloq xo‘jaligi urug‘larini sinovdan o‘tkazuvchi laboratoriyalar auditini o‘tkazishni rejalashtirdi. Tashkilot rahbari Sergey Dankvert so‘zlariga ko‘ra, bular Chili, Ozarboyjon, Tailand, Turkiya, Argentina va O‘zbekiston.
«Tashkilot «Urug‘chilik to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirganligi to‘g‘risida Rossiyaga urug‘lik yetkazib beruvchi 108 davlatni xabardor qildi», dedi Dankvert.
Qonun urug‘ yetkazib beruvchi mamlakatlardagi laboratoriyalarning Rossiya qonunchiligiga muvofiqligini tasdiqlash uchun audit o‘tkazishni nazarda tutadi. 2024 yil 1 sentabrdan boshlab laboratoriyalari auditdan o‘tmagan mamlakatlardan urug‘lik va ko‘chat materiallarini olib kirish taqiqlanadi.
To‘qqiz mamlakatdagi 33 ta urug‘lik sinov laboratoriyalarida audit allaqachon o‘tkazilgan. Bular Janubiy Koreya, Serbiya, Isroil, Meksika, Chexiya, Moldova, Braziliya, Vengriya, Fransiya.
Bundan tashqari, 26 davlat Rosselxoznadzor tomonidan so‘ralgan ma’lumotlarni taqdim etgan. Ular orasida, xususan, Argentina, Braziliya, Vengriya, Misr, Isroil, Indoneziya, Iordaniya, Kanada, Qatar, Xitoy, Turkiya, O‘zbekiston, Fransiya, Chili, Shveytsariya va boshqalar bor.
To‘rt davlat audit o‘tkazishdan bosh tortgan: Abxaziya, Boliviya va Tojikistonda urug‘lik sinov laboratoriyalari yo‘q, Qatar rad etishni urug‘lik ta’minoti yo‘qligi bilan izohlagan.
Mavzuga oid

19:35 / 02.05.2025
Bloomberg: Tramp jamoasi Rossiyaga iqtisodiy bosimlarni kuchaytirish variantlarini tayyorladi

22:09 / 01.05.2025
Tramp bilan muzokaralar boshlanganidan keyin rossiyalik milliarderlar 15 mlrd dollarga boyidi

17:33 / 01.05.2025
Ukraina Rossiya bilan urushni tugatish uchun 22 ta shartga rozi – Kellog

14:30 / 01.05.2025