X ijtimoiy tarmog‘i sudyaning tahdidi tufayli Braziliyadagi ofisini yopishini e’lon qildi
Ijtimoiy tarmoq jamoasi mas’uliyatni ayrim «feyk» akkauntlarni bloklashni talab qilgan va Ilon Maskka nisbatan tergov boshlagan Oliy sud sudyasi zimmasiga yukladi.

Foto: Oxu.az
Milliarder Ilon Maskka tegishli X ijtimoiy tarmog‘i (sobiq Twitter) Braziliyadagi faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qildi. Bu haqda X jamoasining bayonotida so‘z boradi.
X’dagilar qaror majburiy qabul qilingani va kompaniya ushbu holatdan «chuqur qayg‘uda» ekanini bildirdi. Jamoa javobgarlikni Oliy sud sudyasi Aleksandr Morayes zimmasiga yukladi, u «maxfiy farmoyish bilan» ijtimoiy tarmoqning Braziliyadagi qonuniy vakiliga «agar uning senzurali buyrug‘iga bo‘ysunmasa» hibsga olish bilan tahdid qilgan.
«Oliy sudga qilgan ko‘plab murojaatlarimiz ko‘rib chiqilmadi, Braziliya jamoatchiligi ushbu farmoyishlardan xabardor qilinmadi, bizning braziliyalik xodimlarimiz platformamizdagi kontentni blokirovka qilish uchun nazoratga ega emasligiga qaramay, Morayes qonunni hurmat qilish o‘rniga xodimlarimizga tahdid qilishni ma’qul ko‘rdi», — deyiladi bayonotda.
Ular sudyaning xatti-harakatlari «demokratik hukumatga to‘g‘ri kelmasligi» va braziliyaliklarning «tanlovi borligi: demokratiya yoki Aleksandr Morayes» ekanini qo‘shimcha qildi.
Braziliya sudi X’dan ijtimoiy tarmoqda «feyk» tarqatgan ayrim akkauntlarni bloklashni talab qilgan. Ijtimoiy tarmoq avvaliga talabni bajargan, ammo keyin Mask «Braziliyadagi barcha daromaddan ayrilib, u yerdagi ofisini yopishga majbur bo‘lsa ham», akkaunlarni blokdan chiqarishini ma’lum qildi. Morayes sud faoliyatiga to‘sqinlik qilgan milliarderga qarshi tergov boshladi va akkauntlar bloklanmaguncha undan har kuni 20 ming dollar miqdorida jarima undirish bilan tahdid qildi.
Biznesmen sudyani «tajovuzkor senzurada» aybladi. «Bu sudya surbetlarcha bir necha bor Konsitutsiya va Braziliya xalqini sotdi. U iste’fo berishi yoki impichment orqali lavozimdan olinishi kerak», — deb yozadi Mask X’dagi sahifasiga.
Sudya Morayes davlat to‘natishiga aloqadorlikda ayblangan mamlakatning sobiq prezidenti Jair Bolsonaruga nisbatan tergovga boshchilik qilgani bilan tanilgan. Unga 2030 yilga qadar prezident sifatida saylanish taqiqlangan.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kiyev va Vashington Ukrainani tiklash uchun investitsiya fondi tuzmoqda
Jahon | 09:01
-
UNRWA: G‘azoda dori-darmon tugayapti, falastinliklar davolanish imkonidan mahrum
Jahon | 08:18
-
AQSh va Ukraina tabiiy resurslar bo‘yicha kelishuv imzoladi
Jahon | 07:48
-
Toshkentdagi texnopark hududida yong‘in kelib chiqdi
Jamiyat | 07:39
Mavzuga oid

17:05 / 24.04.2025
Ilon Mask va moliya vaziri Skott Bessent Oq uyda janjallashib ketdi - Axios

10:32 / 23.04.2025
Mask Tesla savdolari pasaygani tufayli DOGE'dagi faoliyatini qisqartiradi

14:42 / 22.04.2025
Maskning AQSh hukumatidagi ta’siri tobora kamayib bormoqda

23:25 / 13.04.2025