Tel-Aviv - Samarqand - Toshkent aviaqatnovi majburiy kechiktirildi
Bu Yaqin Sharq hududida vaziyatning keskinlashuvi va Yaqin Sharq havo hududi bir qismining yopilishi tufayli sodir bo‘ldi.

Foto: Kun.uz
2024 yil 1 oktyabr kuni HY304 Tel-Aviv — Samarqand — Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnov majburiy kechiktirildi.
Uzbekistan Airways xabariga ko‘ra, bu Yaqin Sharq hududida vaziyatning keskinlashuvi va Yaqin Sharq havo hududining bir qismining yopilishi, shuningdek, parvozlar xavfsizligini ta’minlash zaruratini inobatga olgan holda amalga oshirildi.
Unga ko‘ra:
- Samarqandga yetib kelish taxminiy vaqti mahalliy vaqt bilan soat 4:40 (2 oktyabr);
- Toshkentga yetib kelish taxminiy vaqti mahalliy vaqt bilan 6:35 (2 oktyabr).
Mavzuga oid

13:02
Samarqand va Tel-Aviv o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

11:48 / 08.05.2025
Samarqand AEXA milliy koordinatorlari yig‘ilishini qabul qiladi

20:42 / 06.05.2025