Turkiyada yashirinib yurgan O‘zbekiston fuqarolarini ushlash amaliyoti kuchaytiriladi
O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasiga ko‘ra, 2024 yilning 10 oyida «javobgarlikdan qutulish maqsadida yillar davomida Turkiyada yashirinib yurgan» 37 kishi qo‘lga olinib, sudga topshirilgan. Diplomatik muassasa, bundan buyon qidiruvdagi shaxslarni qo‘lga olish tadbirlari yanada kuchaytirilishini bildirdi.

Foto: Kun.uz
Bosh konsulxona xabariga ko‘ra, so‘nggi yillar davomida O‘zbekistonda tergov va suddan yashiringan ayrim shaxslarning Turkiya hududida yashirinishga urinishi bilan bog‘liq ko‘plab holatlar kuzatilmoqda. Shu bilan birga, Turkiya va O‘zbekiston ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi o‘zaro huquqiy yordam tadbirlari doirasida bu kabi shaxslarga nisbatan jinoiy taqibni amalga oshirish samarali ko‘rinishga ega bo‘lgan.
«Jumladan, birgina 2024 yilning 10 oyida javobgarlikdan qutulish maqsadida yillar davomida qardosh davlat hududida yashirinib yurgan 37 nafar ayblanuvchilar qo‘lga olinib, odil sudlov hukmiga havola etildi. Bundan buyon qidiruvdagi shaxslarni qo‘lga olish tadbirlari yanada kuchaytiriladi, jinoyatchilikka qarshi murosasiz kurash jadal davom ettiriladi, jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi», — deyiladi konsullik xabarida.
Shuningdek, konsulxona qidiruvdagi shaxslar uchun yagona va eng to‘g‘ri yo‘l — «O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalariga yoki respublika huquqni muhofaza qiluvchi idoralariga murojaat qilish, tergov va sud protsessida qonuniy himoya huquqidan foydalanish» ekanligini eslatib o‘tgan.
Joriy yil 12 sentabr kuni Toshkentda O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar, ichki ishlar vazirlari hamda xavfsizlik xizmati rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ikki mamlakat huquqni muhofaza qiluvchi idoralari o‘rtasida munosabatlarni institutsionallashtirish, ochiq qolayotgan huquqiy masalalarni tartibga solish ustida kelishuvlar imzolangan edi.

Kun.uz muxbiri ushbu uchrashuv atrofida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan siyosatshunos Fazliddin Madiyev bilan suhbatlashgan.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 01:24
-
Zelenskiy Trampdan eng kuchli qartalar to‘plamini oldi - AQSh moliya vaziri
Jahon | 00:52
-
NASA’ning ikki ayol astronavti XKS bortidan ochiq kosmosga chiqdi
Fan-texnika | 00:20
-
Payariq hokimining ta’qibi ortidan qamalgan tadbirkorni Oliy sud ozod qildi
O‘zbekiston | 23:37 / 01.05.2025
Mavzuga oid

12:20 / 29.04.2025
O‘zbekiston va Turkiya tadbirkor ayollarining biznes-forumlari o‘tkaziladi

19:42 / 27.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi

21:49 / 25.04.2025
“Istanbul cho‘ksa, butun Turkiya cho‘kadi” – zilziladan keyin istanbulliklar ko‘chalarda tunadi

19:32 / 25.04.2025