Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols RF urushini AZAL samolyoti halokati sababi deb atadi
Germaniya kansleri Olaf Shols 38 kishi halok bo‘lgan Azerbaijan Airlines samolyotining Qozog‘istonda qulashi sababini Rossiyaning Ukrainadagi urushi deb atadi. Germaniya Tashqi ishlar vazirligi ham xuddi shunday bayonot bilan chiqdi.

Foto: AP
Germaniya kansleri Qozog‘istonda 38 kishining hayotiga zomin bo‘lgan Ozarboyjon samolyotining qulashi sababini Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi deb ko‘rsatdi. Bu urushdan «borgan sari ko‘proq begunoh odamlar, shu jumladan Ukrainadan tashqarida ham jabr ko‘rmoqda», deb yozdi Olaf Shols 30 dekabr, dushanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida.
«Bizning o‘y-xayollarimiz qurbonlarning oila a’zolari bilan, shuningdek, yaradorlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz», — deya qo‘shimcha qildi Germaniya hukumati rahbari.
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, «agar Ukrainaga qarshi urush olib borilmaganida, bu qadar ko‘p odamlarning fojiali o‘limi sodir bo‘lmasdi», deya ma’lum qildi.
Aliyev: AZAL xavfsizlik nuqtayi nazaridan RF shaharlariga parvozlarni to‘xtatdi
Azerbaijan Airlines (AZAL) Bokudan Grozniyga uchayotgan Embraer 190 samolyoti halokatga uchraganidan so‘ng «xavfsizlik muammolari» tufayli Rossiyaning qator shaharlariga parvozlarni to‘xtatdi. Bu haqda prezident Ilhom Aliyev 29 dekabr kuni AZTV Ozarboyjon telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«AZAL Rossiyaning yetti shahriga parvozlarni noma’lum muddatga to‘xtatdi. Shu bilan birga, biz Rossiyaning uch shahridan Ozarboyjonga havo qatnovini to‘xtatib qo‘ydik. Xavfsizlik uchun birinchi o‘rinda turadi», dedi u. Aliyevning ta’kidlashicha, u bu shaharlarga parvozlar qachon tiklanishini bilmaydi, biroq Boku «Rossiya havo hududi xavfsizligi masalalarini» hisobga oladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Parkentda Koreya andozalari asosida "Chashma" etno qishlog‘i tashkil etildi
O‘zbekiston | 09:25
-
Germaniya hozircha Falastin davlatini tan olish niyatida emas
Jahon | 08:59
-
Eronda suv zaxiralari eng past darajaga tushib ketdi
Jahon | 08:27
-
Nemislarning deyarli yarmi hukumat faoliyatidan norozi
Jahon | 08:22
Mavzuga oid

21:14 / 26.07.2025
Ozarboyjon Rossiyadan AZAL samolyoti halokati uchun javobgarlikni tan olishni talab qildi

14:23 / 25.07.2025
Minval AZAL samolyoti halokatining yangi tafsilotlarini ma’lum qildi

22:12 / 19.07.2025
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda

14:03 / 02.07.2025