Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Oriyat» va «Qoradori» keng ko‘lamli tadbirlarida 94 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi
Mamlakat bo‘ylab axloq va sog‘liqqa qarshi qaratilgan jinoyatlarni aniqlash, giyohvandlik vositalarini tarqatish, saqlash, iste’mol qilishga qarshi kurashish tadbirlari o‘tkazildi.

Foto: DXX
DXX hamda IIV tuzilmalari tomonidan 5-7 fevral kunlari mamlakat miqyosida «Oriyat» va «Qoradori» keng ko‘lamli tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda DXX xabar berdi.
7 fevral kuni o‘tkazilgan «Oriyat» keng ko‘lamli tezkor-profilaktik tadbirlari davomida axloq va sog‘liqqa qarshi qaratilgan jinoyatlarni aniqlash, OIV (OITS) va boshqa turdagi yuqumli, teri-tanosil kasalliklari tarqalishining oldini olish maqsadida saunalar, SPA salonlar, massajxonalar, karaoke barlar, mehmonxonalar, xostellar, tungi klublar va boshqa jamoat joylarida hamkorlikdagi tadbirlar olib borildi.
Tadbirlar doirasida 340 ta obekt tekshirilib, aholi salomatligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan 2957 nafar shaxslar bilan tushuntirish ishlari olib borildi va mobil tarzda shifokor ko‘rigidan o‘tkazilib, tegishli tibbiy xulosalar olindi.
Aniqlangan holatlar bo‘yicha qo‘zg‘atilgan 93 ta jinoyat ishi doirasida 94 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi. 153 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 1920 nafar shaxs bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi hamda ularning 766 nafari rasmiy ogohlantirildi.
«Qoradori» keng ko‘lamli tadbirlarining ikkinchi bosqichida jami 640 ta maxsus tezkor tadbir doirasida giyohvandlik vositalarini tarqatish, saqlash, iste’mol qilishda gumon qilingan 1401 nafar shaxs bilan tezkor va profilaktik ogohlantiruv tadbirlari amalga oshirildi.
O‘tkazilgan tadbirlar davomida qariyb 29 kg giyohvandlik vositalari (geroin, opiy, gashish, sintetik turdagi giyohvandlik vositalari) hamda 9421 dona kuchli ta’sir qiluvchi va psixotrop dori vositalarining aholi orasida tarqatilishi to‘xtatildi. 18 ta noqonuniy o‘qotar qurol va 126 dona sovuq qurollar aniqlandi.
Shuningdek, 339 nafar shaxsga nisbatan 269 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda 119 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. 53 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi. 656 nafar shaxs bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, 234 nafari rasmiy ogohlantirildi.
Telegram ijtimoiy tarmog‘ida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida 1 kg sintetik giyohvandlik vositasi «zakladka» usulida ko‘milgani to‘g‘risida tezkor ma’lumot olindi.
Ma’lumot asosida olib borilgan tadbirlar natijasida 1986 va 2002 yilda tug‘ilgan, ikki nafar shaxs giyohvandlik vositasini ko‘milgan joydan olayotgan vaqtida ushlandi. Ulardan biri yashab kelayotgan Mirobod tumanidagi uyning turli joylarida «zakladka» usulida tarqatish uchun tayyorlab qo‘yilgan jami 200 gr. sintetik giyohvandlik vositasi, elektron tarozi, izolyatsion lenta va zip-paketlar borligi aniqlanib, ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olindi.
Odam savdosiga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1986 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida vaqtincha yashab kelayotgan Turkiya fuqarosi va ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Ushbu shaxslar o‘zaro jinoiy til biriktirib, jinsiy ekspluatatsiya qilish maqsadida 2 nafar ayolni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Istanbul shahriga jo‘natayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi.
Poytaxt hududida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 1980 yilda tug‘ilgan shaxs Uchtepa tumanida 1987 yilda tug‘ilgan fuqaroga tahdid qilib, uning yuz sohasiga bir necha marotaba urganligi va narxi 280 AQSh dollari bo‘lgan qo‘l telefoni hamda 460 ming so‘m pullarini qo‘lga kiritib, voqea joyidan yashiringanligi aniqlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Qayd qilinishicha, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi tezkor tadbirlar boshqa yo‘nalishlarda ham davom ettiriladi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Farg‘onada IIB xodimining uyida tintuv o‘tkazildi
Jamiyat | 17:30
-
O‘zbekistonda ko‘chmas mulkning bozor qiymatini aniqlash tizimiga o‘tiladi
Ko‘chmas mulk | 17:11
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ikki mulozimi ishdan olindi
O‘zbekiston | 16:28
-
AQSh 8 avgustgacha Ukrainada tinchlik o‘rnatishga chaqirdi
Jahon | 15:28
Mavzuga oid

12:59 / 31.07.2025
DXX: Toshkentda sifatsiz dori vositalari to‘xtatib qolindi

10:14 / 29.07.2025
Namanganda Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi bosh mutaxassisi ushlandi

14:39 / 24.07.2025
Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi

13:27 / 23.07.2025