Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UnitedHealthcare rahbarini o‘ldirishda gumonlangan shaxs himoyasi uchun salkam 300 ming dollar to‘plandi
Dekabr boshida Manhettenda AQShdagi yirik sug‘urta kompaniyasi direktori otib ketilgan edi. Oradan bir necha kun o‘tib, uni o‘ldirishda gumonlangan 26 yoshli Luiji Manjione qo‘lga olingan.

Foto: Getty Images
UnitedHealthcare sug‘urta kompaniyasi direktori Brayan Tompsonni o‘ldirishda gumonlangan Luiji Manjionening himoyasi uchun qariyb 300 ming dollar to‘plandi, deb xabar beradi New York Post.
Qayd etilishicha, ushbu mablag‘lar Tompson o‘ldirilgan sana «sharafi»ga nomlangan The December 4 Legal Committee guruhu tomonidan to‘plangan.
«Luiji fond haqida biladi va u bunday qo‘llab-quvvatlovdan chuqur minnatdor», — deydi advokat Karen Fridman Agnifilo.
10 fevral holatiga ko‘ra, Luijining himoyasi uchun 295 ming dollar to‘plangan bo‘lib, 10 mingdan ortiq odam xayriyaga hissa qo‘shgan.
Fond vakillaridan biri bo‘lgan Sem Birdning ta’kidlashicha, xayriya mablag‘larini 500 ming dollargacha to‘plash maqsad qilingan va u sud jarayonlari oxiriga qadar davom etadi.
Amerikadagi UnitedHealthcare eng yirik tibbiy sug‘urta kompaniyasi (2023 yilda daromadi 281 mlrd dollarni tashkil etgan) direktori, 50 yoshli Brayan Tompson 4 dekabr kuni Nyu York markazida otib ketilgandi. Oradan bir necha kun o‘tib, 26 yoshli Luidji Manjione Pensilvaniya shtati Altuna shahridagi McDonald's restoranida ushlangan edi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, qo‘lga olish chog‘ida uning yonida ovoz so‘ndirgichga ega, 3D-printerda chiqarilgan to‘pponcha topilgan, Nyu Yorkdagi qotillikda aynan undan foydalangani taxmin qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islohot 2030. O‘zbek futbolini nima qilish kerak?
Sport | 14:27
-
Afg‘onlar deportatsiyasi, Tojikistonga yordam, AES va matbuotga ta’sirning qirqilishi – MO hafta ichida
Jahon | 12:14
-
🔴 LIVE: 15 avgust, Alyaska. Katta uchrashuvdan kutilmalar
Jahon | 11:22
-
Putin Donbass evaziga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishini aytgan. Zelenskiy javob qaytardi
Jahon | 10:17
Mavzuga oid

11:00 / 10.12.2024
AQShdagi shov-shuvli qotillikni sodir etishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

00:24 / 06.12.2024
AQShdagi eng yirik sug‘urta kompaniyalaridan birining ijrochi direktori otib ketildi. Qotillik videoga tushib qolgan

20:58 / 04.12.2024