Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston aholisi Starlink internetiga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ldi
2025 yil uchinchi choragida mamlakatda Ilon Mask kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh terminallarini rasmiy ravishda sotish boshlanadi.

Foto: gov.kz
Qozog‘iston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi bilan Starlink (SpaceX shu’ba korxonasi) o‘rtasida respublikada sun’iy yo‘ldosh internetini ta’minlash bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Kelishuvga ko‘ra, 2025 yil uchinchi choragida sun’iy yo‘ldosh terminallarini rasmiy ravishda sotish boshlanadi, shundan so‘ng fuqarolar ularni qonuniy ravishda sotib olishi, foydalanishi va ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin bo‘ladi. Starlink sun’iy yo‘ldosh internetiga ulanish foydalanuvchi uskunalari orqali amalga oshiriladi. Qayd qilinishicha, xizmat ko‘rsatish shartlari hali ham kelishib olinmoqda.
Bungacha Starlink Qozog‘istonda tajriba rejimida ishlagan, internetni faqat maktablarda taqdim etgan, rasman aholi uchun mavjud emas edi.
Vazirlik Starlink tufayli qishloq maktablari, tibbiyot muassasalari, mobil guruhlar va infratuzilma obektlari, ayniqsa, optik tolali tarmoqlarni o‘rnatish iqtisodiy yoki texnik jihatdan qiyin bo‘lgan hududlarda yuqori sifatli aloqaga ega bo‘lishini kutmoqda.
Starlink - bu Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan global sun’iy yo‘ldosh tizimi bo‘lib, unga maxsus jihozlar orqali ulanish mumkin. Loyihani ishlab chiqish 2015 yilda boshlangan. Uning asosiy maqsadi foydalanuvchilarni Yerning istalgan nuqtasida yuqori tezlikdagi keng polosali Internetga ulanishini ta’minlashdan iborat.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ijro nazoratining kuchaytirilishi, Samarqanddagi «qo‘ziqorin uy», suvga cho‘kish fojialari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:47 / 28.07.2025
-
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida har bir bola uchun pul to‘laydi
Jahon | 23:46 / 28.07.2025
-
Sankt-Peterburgda xorijliklarga 2025 yil oxirigacha taksi haydovchisi bo‘lib ishlash taqiqlandi
Jahon | 23:26 / 28.07.2025
-
Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi
Jamiyat | 22:59 / 28.07.2025
Mavzuga oid

09:48 / 25.07.2025
Starlink ishida global uzilish ro‘y berdi

15:17 / 24.07.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston sayg‘oqlarni saqlab qolish bo‘yicha memorandum imzolaydi

15:35 / 23.07.2025
Qozog‘iston ko‘chmas mulk bozori. Narxlar qanday?

15:24 / 22.07.2025