Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston xorijiy investorlar tomonidan ishonchli hamkor sifatida qabul qilinmoqda – Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi «Moody’s» xalqaro reyting agentligining O‘zbekistonga nisbatan yangi qarorini olqishladi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva «Moody’s» xalqaro reyting agentligi tomonidan O‘zbekistonning kredit reytingi bo‘yicha prognozni oshirganini yuqori baholadi.
«Moody’s» xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi bo‘yicha prognozini «barqaror»dan «ijobiy»ga o‘zgartirganini ma’lum qilishdan xursandman. Bu prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar dasturiga berilgan ijobiy baho, shuningdek, tanlangan yo‘l to‘g‘riligining tasdig‘i bo‘ldi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda O‘zbekiston xorijiy investorlar tomonidan global beqarorlik sharoitida ham barqaror o‘sishga qodirligini namoyon etayotgan ishonchli hamkor sifatida qabul qilinmoqda. Bu sa’y-harakatlarning barchasi IV Toshkent xalqaro investitsiya forumining muvaffaqiyatli o‘tkazilganida o‘z aksini topdi.
«Prognozning yaxshilanishi 2030 yilga borib O‘zbekistonning kredit reytingini ishonchli investitsion darajaga ko‘tarish bo‘yicha qo‘yilgan maqsad sari birinchi qadamdir. Shu bilan birga, ko‘zlangan maqsadga faqat umumiy sa’y-harakatlar bilangina, iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini oshirish va makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish orqali erishish mumkinligini anglash muhim», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Mavzuga oid

21:50 / 30.07.2025
Samarqandda 1 milliard 200 million dollarlik 14 ta yangi loyiha shakllantirildi

07:51 / 29.07.2025
OAV: O‘zbekistonga 2017-2024 yillarda 188 mlrd dollar investitsiya kiritildi

21:41 / 28.07.2025
Andijonda 40 million dollarlik innovatsion klinika barpo etilishi mumkin

18:25 / 28.07.2025