Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil sayyohlarga mamlakatdan xavfsiz chiqib ketish imkonini yaratdi
Buning uchun maxsus elektron platforma ishga tushirildi. Biroq u faqat muvofiqlashtirish uchun mo‘ljallangan va Isroildan chiqib ketish narxi, vaqti yoki usulini kafolatlamaydi.

Foto: Reuters
Isroil Turizm vazirligi mamlakatda vaqtinchalik bo‘lib turgan sayyohlarga xavfsiz tarzda chiqib ketish imkonini beruvchi maxsus raqamli ro‘yxatdan o‘tish shaklini joriy qildi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, sayyohlar ushbu elektron shakl orqali o‘z ma’lumotlarini taqdim etishi mumkin. Ma’lumotlar maxsus raqamli platformada saqlanadi va faqat zarurat tug‘ilganda, Isroil Milliy Xavfsizlik Kengashi va Transport vazirligi bilan baham ko‘riladi. Ammo bu shakl faqat muvofiqlashtirish uchun mo‘ljallangan va Isroildan chiqib ketish narxi, vaqti yoki usulini kafolatlamaydi. Isroil Turizm vazirligi transport yoki sayohat tadbirlarini ta’minlash uchun javobgar emas.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda Isroil hududida taxminan 38 ming sayyoh mavjud. Ularning qanchasi o‘zbekistonlik ekaniga aniqlik kiritilmagan.
Elchixona xabariga ko‘ra, Iordaniya va Misr bilan bog‘lovchi barcha nazorat punktlari ochiq. Ko‘plab sayyohlar aynan ushbu yo‘nalishlar orqali Isroilni tark etishni afzal ko‘rmoqda.
Shuningdek, sayyohlar uchun virtual axborot markazi ishga tushirilgan bo‘lib, 24 soat davomida ma’lumot olish mumkin.
Ta’kidlanishicha, Isroil Turizm vazirligi mehmonxonalar va boshqa joylashuv muassasalari bilan hamkorlikda yordamga muhtoj sayyohlarni aniqlash ustida ish olib bormoqda.
Mavzuga oid

22:45 / 03.08.2025
Isroil milliy xavfsizlik vaziri G‘azoni bosib olishga chaqirdi

18:36 / 02.08.2025
O‘zbekistonliklar vizasiz kiradigan davlatlar ma’lum qilindi

23:57 / 01.08.2025
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi

11:15 / 30.07.2025