Jahon | 09:53
9189
4 daqiqa o‘qiladi

Urushning yangi bosqichi - 9-kun

Eron raketalari Isroil shaharlariga zarba berdi, javoban Tel-Aviv Tehron yadroviy obektlarini nishonga oldi. Diplomatlar jiddiy muzokaralarga undar ekan, urush siyosiy sahnaga ham ko‘chmoqda. Jyenevada muzokaralar kelishuv nuqtasi uzoqligini ko‘rsatmoqda, Tramp esa Eronni Yevropa bilan emas, AQSh bilan muzokaraga undayapti.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

So‘nggi 24 soatda Eron tomonidan Isroilning Hayfa, Tel-Aviv, Ber-sheva kabi shaharlariga kamida 22 ta raketa uchirildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, nishonlar Isroil Mudofaa kuchlari bilan hamkorlik qiluvchi IT kompaniyasi va Microsoft’ning mintaqaviy ofisi joylashgan texnopark binosiga zarar yetkazgan.

Isroil esa tunda Eronga qarshi zarbalarda 50 dan ortiq harbiy samolyotlardan foydalangan. TSAHAL Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador obektlarga zarbalar berganini iddao qilgan, jumladan: raketa ishlab chiqarish obektlariga va Eron yadro dasturining “muhim komponentini” ishlab chiqaradigan maydonga zarba berilganini aytdi.

21 iyun hali kun yorishmagan bir vaqtda Tel-avivda budilniklardan avval sirena ovozlari chalindi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Eron kamida 6 ta raketa uchirgan.

20 iyun kuni Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi va Germaniya, Fransiya hamda Britaniya tashqi ishlar vazirlari Jyenevada uchrashdi. Ayni paytda Yevropa tashqi ishlar vazirlari jurnalistlarga Eronni Isroil havo hujumlarini to‘xtatishni “kutmasdan” yadroviy muzokaralar olib borishga undaganliklarini aytishdi.

“Biz Eron tashqi ishlar vaziriga barcha tomonlar, jumladan, AQSh bilan muzokaralar olib borishni ko‘rib chiqishni taklif qildik”, dedi Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noyel Barro. U shuningdek Eronda rejimni kuch bilan o‘zgartirishga qarshi chiqib “Tashqaridan rejimni almashtirish xavfli va xalq o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi kerak”, deya qo‘shimcha qildi. Aroqchi muzokaralarga ochiqligi, lekin Isroil agressiyasi vaqtida buning iloji yo‘qligini aytdi.

Juma kuni Yevropa tashqi ishlar vazirlari eronlik hamkasbi bilan uchrashganidan ko‘p o‘tmay Donald Tramp bu uchrashuvga munosabat bildirib: “Eron Yevropa bilan gaplashishni istamaydi”, dedi. Tramp Yevropaning ishtirokiga shubha bilan qaradi va “bu masalada ular yordam bera olmasligini” aytdi.

Eslatib o‘tamiz Tramp Eron masalasidagi so‘nggi qarorini 2 hafta ichida qabul qilishini aytgan edi.

Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida so‘zlagan Putin, Moskva Tehrondagi ittifoqchilaridan voz kechgani haqidagi tanqidlarni rad etdi. U Isroilda rus tilida so‘zlashuvchilarning ko‘pligi va Moskva Eronning tinch yadroviy dasturini qo‘llab-quvvatlayotganini tilga olib, Rossiyaning - ham Eron, ham Isroil bilan yaqin aloqalari borligini ta’kidladi.

Juma kuni Isroil-Eron urushi sabab BMT xavfsizlik kengashining maxsus sessiyasi chaqirildi. Sessiyada har ikki davlatning BMTdagi rasmiy elchilari so‘zga chiqdi va o‘z pozitsiyalarini qat’iy ifoda etdilar. Isroil tomoni maqsad Eronning yadro quroli yaratishining oldini olishi va bu amalga oshmaguncha hujumlar davom etishini bildirdi.

Eron esa bu hujumlarni xalqaro huquqni buzish, deb baholadi va AQShning ehtimoliy aralashuvidan jiddiy xavotir bildirdi. BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish global tinchlik uchun bu “belgilovchi lahza” ekanini ta’kidladi.

Isroil-Eron urushi urush nafaqat harbiy amaliyotlar bilan balki diplomatik maydondagi murakkabliklar bilan davom etyapti.

Mavzuga oid