Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasi rahbari etib tayinlandi
Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tashkil etilib, bu lavozimga prezident yordamchisi Saida Shavkatovna Mirziyoyeva tayinlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan, Prezident administratsiyasi tuzilmasida administratsiya rahbari lavozimi tashkil qilindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarining farmoni bilan, administratsiya rahbari lavozimiga Saida Shavkatovna Mirziyoyevani tayinladi. U 2023 yil 25 avgustidan buyon prezident yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Saida Mirziyoyeva 1984 yilda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchisi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti magistri, iqtisodiyot fanlari nomzodi hisoblanadi.
2019-2020 yillarda Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2020-2022 yillarda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari bo‘lgan.
2022 yil noyabrida Prezident administratsiyasi ijro etuvchi apparati kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha shu’ba mudiri etib tayinlangan.
Saida Mirziyoyeva 2023 yil avgustida prezident yordamchisi etib tayinlangan edi. Bu tayinlov Prezident administratsiyasida rahbar lavozimi tugatilishi bilan bir vaqtda ro‘y bergandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi 2018 yil 26 avgustda tashkil etilgan bo‘lib, unga 2018-2022 yillarda Zaynilobiddin Nizomiddinov, 2022-2023 yillarda Sardor Umrzoqov rahbarlik qilgandi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

21:02 / 25.07.2025
Tal’at Valiyev Xavfsizlik kengashidagi lavozimidan ozod etildi

16:12 / 24.07.2025
“Siz xalqimiz uchun yashayapsiz” - Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

11:40 / 16.07.2025
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi

18:34 / 14.07.2025