Jahon | 08:00 / 14.07.2025
4285
2 daqiqa o‘qiladi

Maxsus xizmat: SBU zobitini otib ketgan FSB agentlari o‘ldirildi

FSB buyrug‘i bilan Kiyevda Ukraina xavfsizlik xizmati polkovnigi Ivan Voronichni otib ketgan Rossiya maxsus xizmati xodimlari yo‘q qilindi, deb xabar berdi SBU. SBU ma’lumotlariga ko‘ra, qotillar qo‘lga olinayotganda qarshilik ko‘rsatgan.

Foto: SBU

Kiyevda Ukraina xavfsizlik xizmati polkovnigi Ivan Voronichni FSB buyrug‘i bilan otib o‘ldirgan Rossiya maxsus xizmati agentlari yo‘q qilindi, deb xabar qildi SBU. Voronichning qotillarini topish bo‘yicha maxsus operatsiya tafsilotlari Ukraina maxsus xizmati rahbari Vasiliy Malyukning murojaatida e’lon qilingan.

Unga ko‘ra, «RF FSB agent-jangovar guruhi» Ukrainaga oldindan jo‘natilgan, unga erkak va ayol kirgan. Ular polkovnikning orqasidan yurib, uning kun tartibi va marshrutlarini bilib oldi, so‘ng kuratoridan to‘pponcha yashirib qo‘yilgan joyning koordinatalarini oldi. Qotillikni amalga oshirib, ular Kiyev viloyatida yashirinishga harakat qilgan.

«Yashirin qidiruv, faol aksilrazvedka harakatlari natijasida dushman uyasi aniqlandi», hibsga olish vaqtida ular «qarshilik ko‘rsata boshladi, o‘t ochildi, shuning uchun ular yo‘q qilindi», dedi SBU rahbari. Videoda Malyukning orqasida mashinalarni ko‘rish mumkin va u kadrdan chiqa boshlaganida jasadlar ham ko‘ringan.

50 yoshli SBU polkovnigi Ivan Voronich 10 iyul kuni ertalab Kiyev markazida o‘ldirilgan. Ukraina ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Voronich taxminan soat 09:00 da uyidan chiqib ketayotganida bir kishi unga yaqinlashib, to‘pponcha bilan besh marta o‘q uzgan, shundan so‘ng u jinoyat joyidan qochib ketgan. Ukraina maxsus xizmati zobiti olgan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan.

Mavzuga oid