Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sea Breeze Uzbekistan qo‘shma korxonasi O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tdi
Agalarov Development ishtirokidagi ushbu kompaniyaning yana bir ta’sischi “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi raisining sobiq o‘rinbosari Ulug‘bek Mahmudov hisoblanadi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
O‘zbekistonda Sea Breeze Uzbekistan qo‘shma korxona sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri ma’lumotlarida keltirilgan.
Unga ko‘ra, Sea Breeze Uzbekistan kompaniyasi hukumat qarori qabul qilingan kundan uch kun o‘tgach — 4 avgust kuni ro‘yxatga olingan. Manzili — Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani, kompaniyaning ustav fondi esa 400 mln so‘m. Qo‘shma korxona noturar joy binolari qurilishi bilan shug‘ullanishi ko‘rsatilgan.
Qo‘shma korxona ta’sischilari har biri 50 foiz ulush bilan Ozarboyjonning Agalarov Development kompaniyasi hamda Mahmudov Ulug‘bek Abdurasulovich hisoblanadi. Direktori esa Hamidov Sardor ekani ko‘rsatilgan.
O‘z navbatida, Breeze Development qo‘shma korxonasi ham 3 iyun kuni ro‘yxatdan o‘tgan edi, biroq 27 iyul kuni qayta ro‘yxatga olingan. Kompaniyaning ustav fondi 400 mln so‘mni tashkil etib, asosiy faoliyat turi turar joy binolarini qurish. Ta’sischilar — Agalarov Development va Mahmudov Ulug‘bek Abdurasulovich (har biri 50 foizdan), direktor — Sultonxo‘jayev Nabi Habibulloyevich. U esa ilgari O‘zinterimpeks boshqaruvi a’zosi bo‘lgan.
Shu yilning iyul oyida Agalarov Development Toshkentda Sea Breeze sotuv ofisi ochilishi rejalanayotgani haqida yozgandi. Agalarov Residence savdo ofisi Sea Breeze brendiga tegishli obektlarni sotish vakolatiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Emin Agalarov va unga tegishli kompaniyalar ishtirokida qurilishi aytilayotgan turizm markazi 10 ta kichik hududga bo‘lib bunyod etiladi. Ularning har biri piyoda borish mumkin bo‘lgan ko‘ngilochar maskan va xizmatlarni qamrab oladi.
Emin Agalarov bu qariyb 6,5 mln kv metr maydonni egallovchi yangi shahar bo‘lishi va bosqichma-bosqich bunyod etilishini aytgandi. “Biz harakatlarni tezlashtirib, shu yozda qurilish jarayonlariga faol kirishamiz”, - degan u.
Shu yilning iyun oyida esa IV Toshkent Xalqaro investitsiya forumi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Agalarov Develoment kompaniyasi o‘rtasida qiymati 5 mlrd dollarlik kelishuv imzolagan.
Undan keyin Emin Agalarov Sea Breeze Uzbekistan loyihasi qurilishi bilan bog‘liq ekologik xatarlarga izoh berib, Chorvoqning hozirgi holati saqlanib qolinishini qayd etgandi. “Ekologiya bizning ustuvor vazifamizdir. Hamma joyda tozalash inshootlari bo‘lishi, suvga ortiqcha hech narsa tashlanmasligi kerak. O‘zbekiston aholisi va sayyohlar foydalana oladigan turistik hudud yaratamiz”, - degandi Ozarboyjon prezidentining ishbilarmon kuyovi.

Mavzuga oid

22:12 / 05.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonda bir qancha davlat yetakchilari bilan uchrashdi

17:01 / 05.08.2025
Chimyonda yuk mashinalari qurilish chiqindilarini soyga to‘kib ketayotgani ma’lum bo‘ldi

09:13 / 05.08.2025
“Hamma biladi, lekin hech kim indamaydi” - Buloqboshida kanalni ko‘pikka to‘ldirgan kim?

08:46 / 05.08.2025