Jahon | 20:17 / 11.08.2025
732
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiya Falastin davlatini tan olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Avvalroq Sydney Morning Herald gazetasi Avstraliya Falastin davlatini tan olishni rejalashtirganini ma’lum qilgandi.

Foto: Getty images

Yangi Zelandiya tashqi ishlar vaziri Uinston Piters mamlakat hukumati Falastin davlatini tan olish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar bermoqda.

Pitersning so‘zlariga ko‘ra, hukumat bu borada dastlabki qarorni qabul qilib, 22-30 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh assambleyasida o‘z pozitsiyasini ma’lum qiladi.

Avvalroq Sydney Morning Herald gazetasi Avstraliya Falastin davlatini tan olishni rejalashtirganini ma’lum qilgandi.

Nashr manbalarining aytishicha, Falastin davlatini tan olish qarori yaqin kelajakda qabul qilinadi, rasman esa sentabrda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh assambleyasida e’lon qilinadi.

Mavzuga oid