Rossiya Davlat dumasida muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish taklif qilindi
«Yedinaya Rossiya» partiyasidan Davlat dumasiga deputat Aleksandr Karelin muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazishni taklif qildi.

Foto: Sergey Fadeichev/TASS
Avvalroq Rossiya liberal demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy 20 sentyabrda dumaga muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishni taklif qilgandi.
«Prezident partiyalarning rolini oshirishni taklif qilmoqda. Shu bois men bunday imkoniyatdan foydalanib yangi saylovlar o‘tkazish to‘g‘ri bo‘ladi deb hisoblayman», — dedi u.
RT agentligining Telegram-kanalida xabar berilishicha, quyi palata bu taklifni bugunoq ko‘rib chiqadi.
Avvalroq Rossiya liberal demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy 20 sentyabrda dumaga muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishni taklif qilgandi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov mazkur taklifga izoh berdi.
«Prezident yaqin vaqt ichida bu tashabbusga nisbatan munosabatini ma'lum qiladi», — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 15 yanvarida Rossiya prezidenti Vladimir Putin konstitutsiyaga prezident va hukumatning boshqa institutlari o‘rtasida vakolatlarni qayta taqsimlashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlarni taklif qilgandi.
Mavzuga oid

15:27
Isroilga qarshi sud eshituvi, Hindiston hujumini kutayotgan Pokiston va Ukrainada 9 may otashkesimi - kun dayjesti

14:06
Mishustin Rossiya iqtisodiyoti dunyodagi eng yirik iqtisodiyotlardan biri ekanini ma’lum qildi

13:41
Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi

10:07