«Formula-1»: Valtteri Bottas Rossiya bosqichida g‘alaba qozondi

Foto: Getty Images
Mercedes jamoasi a'zosi Valtteri Bottas “Formula-1” avtopoygalarining Rossiya bosqichida g‘alaba qozondi. Poyga Sochidagi “Sochi-Avtodrom”da bo‘lib o‘tdi.
Bu g‘alaba 31 yoshli finning Rossiya bosqichidagi ikkinchi g‘alabasidir. U bunday natijaga 2017 yilda ham erishgandi.
2-o‘rinni Red Bull poygachisi Maks Ferstappen egalladi. Yetakchi uchlikdan amaldagi chempion, Bottasning jamoadoshi Lyuis Hemilton ham joy oldi. Britaniyalik poygachi Rossiyada g‘alaba qozonganda, poygadagi jami g‘alabalar bo‘yicha afsonaviy Mixael Shumaxerning rekordini qaytargan bo‘lardi. Biroq unga buni amalga oshirishda start oldidan olgan ikkita 5 soniyalik jarimasi to‘sqinlik qildi.
Umumiy jadvalda Hemilton 205 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Sochidagi poyga g‘olibi Bottas 161 ochko bilan 2-o‘rinni, Ferstappen 128 ochko bilan 3-o‘rinni egallamoqda.
Poygalarning navbatdagi - 11-bosqichi 9-11 noyabr kunlari Germaniyadagi Nyurburgring trassasida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid

22:17 / 11.05.2025
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi

18:26 / 11.05.2025
Zelenskiy Putinning to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish taklifiga javob qaytardi

22:28 / 10.05.2025
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi

20:58 / 10.05.2025