Jazeera Airways Al-Kuvayt va Samarqandni bog‘laydi
Kuvaytning Jazeera Airways aviakompaniyasi Al-Kuvayt va Samarqandni to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi.

Foto: Jazeera Airways
Al-Kuvayt — Samarqand — Al-Kuvayt yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar AirbusA320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Birinchi parvoz esa 2023 yil 1 martga mo‘ljallangan.
Muntazam yo‘lovchi qatnovlari haftasiga ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Jazeera Airways O‘zbekistonga parvozlarni 2021 yilda boshlagan. Kuvaytdan Toshkentga muntazam yo‘lovchi qatnovlari haftasiga uch marta — dushanba, seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Kuvaytdan Namanganga — dushanba, chorshanba va juma kunlari.
Jazeera Airways Kuvaytning ikkinchi milliy aviakompaniyasi bo‘lib, shtab-kvartirasi o‘z terminaliga ega xalqaro aeroportda joylashgan va arzon narxlardagi havo sayohatlariga ixtisoslashgan.
Mavzuga oid

18:54 / 05.05.2025
Samarqandda ayol 7 oylik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketdi

13:10 / 05.05.2025
Samarqand BMTning Davlat xizmatlari forumini qabul qiladi

21:26 / 03.05.2025
Samarqandda o‘quvchilar uzr uchun tiz cho‘ktirildi

17:10 / 02.05.2025