Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda avtobus urib yuborgan ko‘zi ojiz o‘quvchi halok bo‘ldi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2023 yil 13 may kuni soat 15:30 larda sodir bo‘lgan.
Samarqand shahar Rudakiy mahallasi hududidan o‘tuvchi Beruniy-Gagarin avtomobil yo‘lida Isuzu avtobusi yo‘ldan harakatlanib o‘tayotgan 59-son «Nurli maskan» imkoniyati cheklanganlar maktab-internati o‘quvchisi 2004 yilda tug‘ilgan Q.D.ni urib yuborgan.
Oqibatda, tan jarohati olgan Q.D. shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan 2023 yil 15 may kuni shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, halok bo‘lgan Q.D. Surxondaryo viloyatidan bo‘lib, Samarqand shahridagi imkoniyati cheklanganlar maktabida tahsil olgan.
Hodisa sodir bo‘lgan kuni u sherigi bilan do‘kondan narsa olib kelish uchun maktab hududidan ko‘chaga chiqqan.
Ma’lumot uchun imkoniyati cheklanganlar tahsil oluvchi «Nurli maskan» maktab-internati viloyat IIB tomonidan otaliqqa olingan.
Mavzuga oid

14:28 / 31.07.2025
Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

21:50 / 30.07.2025
Samarqandda 1 milliard 200 million dollarlik 14 ta yangi loyiha shakllantirildi

15:32 / 30.07.2025
“Samarqandda bolalar dam oladigan joy yo‘q” - Adiz Boboyev yangi parklar tashkil etishni buyurdi

09:49 / 30.07.2025