Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: Isroildagilar Haaga sudi Netanyahuni hibsga olishga order berishidan xavotirda
Isroil hukumati vakillari G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazilishiga to‘sqinlik qilishda hamda Hamasning 2023 yil 7 oktyabridagi hujumiga «haddan tashqari qattiq javob qaytarish»da ayblanishi mumkin.

Foto: Reuters
Isroillik va g‘arblik mulozimlar fikricha, Isroil rasmiylari Haagadagi Xalqaro jinoiy sud G‘azo sektoridagi amaliyotlar bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha qator yuqori martabali amaldorlarni hibsga olish uchun order berishga tayyorlanmoqda deb hisoblamoqda. Bu haqda The New York Times nashri xabar tarqatgan.
Manbalarga ko‘ra, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni ham hibsga olish uchun order berilishi mumkin, bu esa mahalliy rasmiylarni qattiq tashvishga solmoqda.
Xalqaro jinoiy sud Netanyahuni hibsga olishga order berishga tayyorlanayotgani to‘g‘risida avvalroq Isroildagi Maariv gazetasi ham xabar tarqatgandi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, bosh vazir voqealarning bunday rivojidan «qattiq xavotirda» va so‘nggi kunlarda «ehtimoliy jinoiy javobgarlikni bekor qilish uchun juda ko‘plab telefon qo‘ng‘iroqlari o‘tkazgan». Jumladan, Netanyahu AQSh prezidenti Jo Bayden bilan ham qo‘ng‘iroqlashgan.
Sud Netanyahudan tashqari Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant va Mudofaa kuchlari shtabi rahbari Gersi Xalevini hibsga olishga order berishi mumkin.
Agar sud hibsga olish uchun order bersa, Netanyahu Sudanning ag‘darilgan prezidenti Omar al-Bashir va 2023 yilda Ukrainadagi bolalarni noqonuniy ravishda deportatsiya qilishda ayblangan Rossiya prezidenti Vladimir Putin kabi chet el rahbarlari bilan bir toifaga kiradi.
NYT manbalarining so‘zlariga ko‘ra, isroillik rasmiylar G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazilishiga to‘sqinlik qilishda hamda Hamasning 2023 yil 7 oktyabridagi hujumiga «haddan tashqari qattiq javob qaytarish»da ayblanishi mumkin. Shuningdek, Haaga sudi Hamas yetakchilarini hibsga olishga order berish masalasini ko‘rib chiqmoqda, ammo hozircha aynan kimlar uchun order berilishi mumkinligi haqida ma’lumot yo‘q, deyiladi maqolada.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

21:32 / 27.07.2025
Britaniya tashqi ishlar vaziri G‘azoda gumanitar tanaffus e’lon qilinishini “kech tashlangan qadam” deb atadi

14:03 / 27.07.2025
Isroilning G‘azodagi Gumanitar fondi sobiq qo‘riqchisi harbiy jinoyatlarga guvoh bo‘lganini so‘zlab berdi

07:36 / 25.07.2025
111 gumanitar tashkilot G‘azoga yordam yetkazilishini talab qilmoqda

00:46 / 25.07.2025