Zo‘ravonlik qurboni bo‘lganlar uchun xavfsiz boshpanalar tashkil etilishi mumkin
O‘zbekiston elchixonasi mutasaddilari Janubiy Koreya poytaxtidagi "Taktin" bolalarni himoya qilish markazi rahbari Li Xyunsuk bilan muzokara o‘tkazdilar.

Foto: "Dunyo" AA
Uchrashuv davomida mamlakatda ijtimoiy yo‘nalishda olib borilayotgan siyosat, jamiyatning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining turmush darajasini yaxshilash, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Oilaviy zo‘ravonlik qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyati, jumladan, tibbiy, huquqiy, psixologik va xavfsizlik xizmatlarini bir joyda ko‘rsatish hamda zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollar va bolalar uchun xavfsiz boshpanalarni tashkil etish bo‘yicha Janubiy Koreyaning boy tajribasini o‘rganishning muhimligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning huzuridagi tegishli tashkilotlar xodimlari uchun trening hamda malaka oshirish dasturlarini uyushtirish, shuningdek, ayollar va bolalar himoya markazlari hamda "Taktin" markazi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid

21:20 / 25.06.2025
Shveytsariya ukrainalik qochoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etmoqda

10:23 / 20.06.2025
XMT: Haitida 1,3 mlnga yaqin kishi to‘dalar zo‘ravonligi tufayli uyini tark etdi

12:36 / 05.06.2025
Germaniya boshpana berishni rad etish tartibini soddalashtiryapti

08:50 / 21.05.2025