Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida elektr ta’minotiga noqonuniy ulanganlar fosh etildi
Ovqatlanish shoxobchasi elektr uskunalarini, ikkita fermer xo‘jaligi suv nasoslarini tarmoqlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, elektrdan noqonuniy foydalangan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departamen
Samarqand viloyatining uchta hududida energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Samarqand shahri, Narpay va Jomboy tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Sh.u.” MChJ rahbari A.S. MChJga qarashli oshxonada elektr uskunalarini, “N.Q.” va “A.J.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, jami 186,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

14:28 / 31.07.2025
Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

21:50 / 30.07.2025
Samarqandda 1 milliard 200 million dollarlik 14 ta yangi loyiha shakllantirildi

15:32 / 30.07.2025
“Samarqandda bolalar dam oladigan joy yo‘q” - Adiz Boboyev yangi parklar tashkil etishni buyurdi

09:49 / 30.07.2025