Qariyb yarim mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi
Oilaviy korxona rahbari korxonaga qarashli non mahsulotlari ishlab chiqarish sexini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulagan.

Foto: Bosh prokuratura
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida 489 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi.
Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, “U.N.P.” oilaviy korxonasi rahbari F.M. korxonaga qarashli non mahsulotlari ishlab chiqarish sexini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulagan.
Holat bo‘yicha F.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (O‘g‘irlik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Mavzuga oid

09:55 / 20.06.2025
8,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi

09:01 / 17.06.2025
Ko‘p qavatli uylarda elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

11:14 / 16.06.2025
Yo‘l, suv, elektr bo‘yicha 3-5 yillab cho‘zilayotgan loyihalar borligi ma’lum qilindi

08:52 / 27.05.2025