Toshkentda BYD piyodani urib yubordi
Yashnobod tumanida BYD rusumli mashina tartibga solingan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan ayolni urib yubordi. Jabrlanuvchiga shifokorlar tomonidan yordam ko‘rsatildi.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2 may kuni soat 16:05 larda Yashnobod tumani Nukus—Farg‘ona yo‘li ko‘chalari chorrasida BYD rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotgan haydovchi tartibga solingan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Samarqandda Lacetti piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan o‘nga yaqin kishini urib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Tarmoqlarda tarqalgan videoda bir nechta mashina piyodalarni o‘tkazib yuborish uchun to‘xtaganini, Lacetti mashinasi esa katta tezlikda kelib, piyodalar yo‘lagini kesib o‘tayotgan fuqarolarni urib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketganini ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid

16:40
O‘zbekistonda elektromobil quvvatlash stansiyalari soni 1400 taga yetdi

16:20
Ko‘za kunda emas, kunida sinadi. Bog‘chalar bolalar hayoti bilan o‘ynashmoqda

16:17
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda

09:10