Rossiya Berlindagi Karnegi markazi direktorini qidiruvga berdi
Rossiya Ichki ishlar vazirligining kartochkasida Aleksandr Gabuyev jinoiy ish bo‘yicha qidiruvda ekanligi ko‘rsatilgan. «Chet el agenti» deb e’lon qilingan ekspert Jinoyat kodeksining ikki moddasi bo‘yicha ayblanayotgani avvalroq xabar qilingan edi.

Foto: kp.ru
Rossiya Ichki ishlar vazirligi Berlindagi Rossiya va Yevrosiyo tadqiqotlari Karnegi markazi direktori Aleksandr Gabuyevni qidiruvga berdi. Tegishli kartochka 7 may, chorshanba kuni "Mediazona" tomonidan idora ma’lumotlar bazasida aniqlandi.
Unda ekspertning shaxsiy ma’lumotlari mavjud va u «Jinoyat kodeksiga ko‘ra qidiruvda» ekani aytiladi. Gap qaysi moddalar haqida ketayotgani aytilmagan.
Ayni paytda, RIA "Novosti" avvalroq Gabuyevga qarshi ikki modda bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida yozgan edi – «nomaqbul tashkilot» faoliyati va «chet el agenti» vazifalarini bajarishdan bo‘yin tovlash.
2024 yil may oyida Rossiya rasmiylari Xitoy va uning Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlari bo‘yicha ekspert Aleksandr Gabuyevni «chet el agentlari» ro‘yxatiga kiritdi va o‘sha yilning yozida Karnegi jamg‘armasi Rossiyada «nomaqbul» tashkilot deb e’lon qilindi.
Avvalroq Berlin Karnegi markazida Rossiya va Yevrosiyo bo‘yicha siyosatshunoslik va gumanitar tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi siyosatshunos Yekaterina Shulman ham qidiruvga berilgan edi. Unga nisbatan Rossiyada «nomaqbul» deb tan olingan tashkilotlar faoliyatida qatnashgani uchun ish qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid

18:47
FXX: Rossiyaga kelayotgan Shimoliy Koreya fuqarolari soni keskin kamaydi

14:55
Ukraina Rossiyaning «sulhning birinchi kechasi»dagi hujumlari haqida ma’lum qildi

11:57
Rossiyada havo qatnovidagi kollaps 60 ming kishiga ta’sir qildi

10:09