Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda mehnat migrantlari uchun Rossiya o‘quv markazlari ochilishi mumkin
O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning Primorsk o‘lkasiga tashrifi doirasida o‘lka gubernatori Oleg Kojyemyako, xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Konstantin Sidorenko, qurilish vaziri Aleksandr Moskalyov va boshqa rahbarlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, hududda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, mehnat migrantlarini jo‘nash oldidan tayyorlashni kuchaytirish, shuningdek, O‘zbekistonda Rossiya o‘quv markazlarini ochish masalalari muhokama qilindi.
Noqonuniy migratsiya darajasini pasaytirishga qaratilgan profilaktika va ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Delegatsiya Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Migratsiya siyosati agentligi va Primorsk o‘lkasining tegishli idoralari rahbariyati bilan maslahatlashuvlar o‘tkazdi.
Bundan tashqari, o‘lkada mehnat qilayotgan yurtdoshlar holidan xabar olindi. Uchrashuvda gubernator Oleg Kojyemyako ishtirok etdi.
Muloqot davomida vatandoshlar bilan fikr almashildi va ularning savollariga batafsil javob berildi.
Mavzuga oid

23:17 / 09.07.2025
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”

16:48 / 09.07.2025
Rossiya yil oxirigacha Hindistondan 1 million mehnat migrantini qabul qilishi mumkin

16:33 / 09.07.2025
Yevropa sudi Rossiyani MH17 samolyoti halokatida aybdor deb topdi

15:26 / 09.07.2025