Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
Makron Vestminster saroyida Britaniya parlamentariylariga murojaat qildi.

Foto: Celal Gunes/Anadolu/picture alliance
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Britaniya parlamenti a’zolari oldida qilgan chiqishida ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalar, shuningdek, G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni ta’minlash va Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha muzokaralar haqida gapirdi.
Makron Buyuk Britaniyaga uch kunlik davlat tashrifining birinchi kunida Vestminster saroyida parlamentariylar oldida chiqish qildi.
Fransiya prezidenti urushning Yevropa qit’asiga qaytishi bilan dunyo tartibi har kuni hujumga uchraganini va xalqaro qoidalar beqarorlashtiruvchi kuchlar tomonidan buzilayotganini aytdi. U ittifoqchilarni xalqaro tartibni himoya qilish uchun birgalikda harakat qilishga chaqirdi.
Makron Ukraina noqonuniy hujum qurboni bo‘lganini ta’kidlab, Buyuk Britaniyaning Ikkinchi jahon urushida Fransiyani qo‘llab-quvvatlaganiga ishora qilib, hozirda Ukrainaga ham xuddi shunday yordam ko‘rsatilayotganini ta’kidladi.
«Rossiya Ukrainadagi har bir olg‘a siljishi bilan tahdid barchamizga yaqinlashmoqda», dedi u. Makron Yevropa hech qachon Ukrainani yolg‘iz qoldirmasligini ta’kidladi.
Makron o‘z nutqida Isroil tomonidan shiddatli hujum va blokada ostida bo‘lgan G‘azo sektoridagi sulh muzokaralariga ham to‘xtaldi.
Uning ta’kidlashicha, Fransiya Yaqin Sharqda tinchlik uchun boshqa davlatlar bilan hamkorlik qiladi.
Mavzuga oid

21:34
AQSh birinchi marta Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishiga qo‘shildi

20:32
Yevropa komissiyasi Ukrainani qayta tiklash jamg‘armasi tashkil etilishini e’lon qildi

15:07
Rim papasi yana Vatikanga Ukraina bo‘yicha muzokaralarga taklif qildi

13:37