“Olmaliq” kombinatiga ishga olib kirib qo‘yishni va'da qilgan firibgar qo‘lga tushdi

Foto: Olmaliq KMK
“Olmaliq KMK” kombinati idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimi Mirabror Yo‘lchiyev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) avval ham ikki marta sudlangan ekan. Bu shaxs har qanday muammoni hal qilishga va'da beradigan uddaburon edi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Kunlarning birida uning tuzog‘iga qaynota-kuyov ilindi. Kuyovi ishsiz yurganidan istihola qilgan Karimjon Abdiyevning ko‘ziga M.Yo‘lchiyev najot farishtasiday ko‘rindi. K.Abdiyevning kuyovini Mirabror “Olmaliq KMK” AJning idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmatiga ishga joylab qo‘yadigan bo‘ldi. Albatta, bu ish shunchaki “rahmat” evaziga emasdi.
Qaynota bu ishni amalga oshirish uchun Mirabrorga talab qilingan 900 AQSh dollarini tutqazdi. Pulni olgan “hojatbaror” esa odatdagiday yo‘l tutdi. Telefon o‘chirilib, "xizmat doirasidan tashqarida", deya javob beradigan bo‘ldi. Ishning natijasi yuzma-yuz ko‘rishilib, so‘ralganda esa, Mirabror korxonada ishga qabul bo‘lmayotganligini, masala tez orada hal bo‘lishini aytib, bahonalar qilib yuraverdi. Kutaverib charchagan qaynota-kuyovda tegishli joyga ariza berishdan boshqa chora qolmadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudi firibgarlikni kasb qilgan M.Yo‘lchiyevga nisbatan qonuniy jazo tayinladi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi tashkil etildi
Sport | 17:25
-
Putin To‘qayevning otasini Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni bilan taqdirladi
Jahon | 17:23
-
“Suv toshishi 24 aprelda boshlangandi” - Buloqboshidan reportaj
O‘zbekiston | 16:59
-
Putin va Si Jinping «Ukraina inqirozi»ni muhokama qildi
Jahon | 16:53
Mavzuga oid

10:44 / 08.05.2025
Telegramʼda akkauntlar sotilishini reklama qilib, fuqarolarning pulini o‘zlashtirib kelgan shaxs ushlandi

22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi

21:24 / 19.02.2025
Toshkent viloyatidagi qamoqxonalarda saqlanayotgan 2 nafar mahkum vafot etdi

17:28 / 18.02.2025