Moskva viloyatida patentning narxi 2018 yildan oshadi

Foto: migrant.ru
Moskva viloyatida ishlovchi mehnat migrantlari 2018 yilning yanvaridan boshlab patent uchun 300 rublga qimmatroq to‘laydi. Mehnat patenti narxi hozirgi oyiga 4000 Rossiya rublidan 4300 rublga qadar oshadi. Yillik patentlar bo‘yicha ishlovchi xorijliklar hozirgi 48 ming rublning o‘rniga 51,6 ming rubl to‘lashi lozim bo‘ladi.
Moskva viloyatining «2018 yilga Moskva viloyati mehnat bozorining mintaqaviy o‘ziga xos jihatlarini aks ettiruvchi koeffitsiyentni o‘rnatish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi Moskva viloyati dumasi deputatlari tomonidan 22 noyabr kuni ko‘rib chiqildi va qabul qilindi.
Qonun loyihasi izohida ta'kidlanishicha, xorijiy fuqarolar uchun patent qiymati Moskva viloyatida 2015 yildan beri o‘zgarishsiz qolayotgandi hamda 4000 rublni tashkil qilgan.
Shu bilan birga, Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi prognoziga ko‘ra, 2018 yilda iste'mol narxlari o‘sishi 2015 yil bilan taqqoslaganda 15,7 foizni tashkil etadi.
Qonun 2018 yilda 2,12535 miqdorida mintaqaviy koeffitsiyent o‘rnatishni nazarda tutadi, hamda patentning narxi oyiga 4300 rublgacha oshadi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari oshdi
O‘zbekiston | 12:02
-
Andijon viloyati hokimligi Shuhrat Abdurahmonov 15 yoshli qizni zo‘rlagani aytilgan xabarga munosabat bildirdi
O‘zbekiston | 11:39
-
Jahli chiqqan Japarov, matbuotdagi “jiddiy ahvol” va g‘alaba paradlari – Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 10:57
-
Samarqandda AYoQShda sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni ortdi
O‘zbekiston | 09:54
Mavzuga oid

17:45 / 26.03.2025
Rossiyada migrantning raqamli profili joriy qilinadi

17:02 / 26.03.2025
Rossiyada migrantlar uchun maqsadli patentlar joriy qilinishi mumkin

22:09 / 24.03.2025
Rossiyada migrantlar uchun soliqni oshirish taklif etildi

20:56 / 23.03.2025