Xalq ta'limi vaziri va jurnalistlar: kim matbuotni qanday tushunadi?

Joriy oy avvalida regulation.gov.uz saytiga joylashtirilgan «Xalq ta'limi tizimidagi ommaviy axborot vositalari rolini yanada oshirish to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ayrim bosma matbuot, ayniqsa, ta'lim nashrlari vakillarining keng va jiddiy muhokamasiga, aniqrog‘i, e'tiroziga sabab bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi kinoyali izohlardan tortib, nashrlardagi jiddiy chiqishlargacha – barchasida mazkur qaror jurnalistlar erkinligiga, matbuotga navbatdagi hujum ekanligi e'tirof etildi.
Loyihada bayon etilishicha, qarordan maqsad umumta'lim muassasalari xodimlari, o‘quvchilar va ularning ota-onalarini xalq ta'limi tizimi axborotlari bilan ta'minlashni tashkil etish, ta'lim nashrlarida zamonaviy boshqaruv va samarali marketingni yo‘lga qo‘yish hisoblanadi.
Shunga ko‘ra, «Boshlang‘ich ta'lim», «Til va adabiyot ta'limi», «Prepodavaniye yazyka i literatury», «Language and literature teaching», «Xalq ta'limi»,«G‘uncha», «Gulxan» jurnallari, «Ma'rifat», «Uchitel Uzbekistana», «Tong yulduzi» gazetalari tahririyatlarini birlashtirgan holda yagona yuridik shaxs shaklida «Xalq ta'limi nashriyotlari» davlat unitar korxonasini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Yagona DUKga birlashtirish orqali ta'lim nashrlari tahririyatlari moddiy-texnik bazasini yaxshilash, moliyalashtirish, xodimlarni rag‘batlantirish, obunani yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Xullas, Xalq ta'limi vazirligi taklifiga asosan qabul qilinishi ko‘zlangan bu qaror orqali ta'lim nashrlarini xalq istaydigan yangicha formatga keltirish asosiy maqsaddir.
Ta'lim nashrlari esa bu loyiha «matbuot endi erishay deb turgan» erkinlikning bo‘g‘ilishiga, mediamakonda vazirlikning yakkahukmronligi va fikrlar bir xilligining yuzaga kelishiga sabab bo‘lishini ta'kidlab, qaror qabul qilinishiga qarshilik bildirishmoqda.
Xususan, jurnalist Sardor Mustafoyevning fikriga ko‘ra, «...davlat rahbari «Tanqid qiling, tanqid — kelajak mevasi» deb jon kuydirib, jurnalistlarni kurashga chorlayotgan bir paytda ayrim rahbarlar nega so‘z erkinligiga putur yetkazadigan qarorlarni qabul qilish ustida bosh qotirmoqda».
«Ma'rifat» muxbiri Suhrob Ziyo o‘z maqolasida vazirlik yakka muassisligi tahririyat ijodiy faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishini bildiradi: «Ma'rifat» tarmoq nashri bo‘lsa-da, uning mavzu qamrovi cheklanmagan. Unda xalq ta'limi yangiliklaridan tashqari oliy ta'lim yangiliklari, kasaba uyushmalari faoliyati, ma'naviyat, san'at va adabiyotga oid maqolalar berib boriladi. Vazirlik yakka muassis bo‘lib, oliy ta'lim, adabiyot va ma'naviyat bo‘limlarni yopish kerak, desa nima bo‘ladi? Nega desak, ularga bekorga pul sarflayapmiz deyishadi. Qo‘lingizdan nima keladi shunda?»
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mahmud Sa'diy «Vazir matbuotni qanday tushunadi?» maqolasida Sherzod Shermatov «eskilik sarqiti» hisoblangan gazetani o‘qimasligi, u «internet oshig‘i»ligini aytib o‘tadi. Vazirlik tomonidan amaldagi maktab direktorlariga «Obuna degan gap og‘zingdan chiqsa, ishdan haydalasan», qabilida topshiriq bo‘lganiga sha'ma qiladi.
Qarorda va'da qilinayotgan ipoteka kreditlari va poytaxtdan propiska qilish masalasi esa «jurnalistlarni avrash uchun berilayotgan xo‘rak» deya baholanmoqda.
Ta'bir joiz bo‘lsa, bunday «qarshi hujum»dan so‘ng Xalq ta'limi vazirligi o‘zining rasmiy izohini e'lon qildi. Unda tahririyatlarning yagona DUKga birlashishi ularning yuridik maqomini o‘zgartirmasligi, hozirga qadar vazirlik nashrlarning asosiy ta'sischisi bo‘lsa-da, tahririyat siyosatiga aralashmagani va senzuraga yo‘l qo‘ymagani ta'kidlangan va bundan keyin ham mamlakat qonunlari doirasida ish ko‘rilishi, senzura bo‘lmasligi aytib o‘tilgan.
«...ular turli bahonalar bilan tahririyatning («Ma'rifat» gazetasi ko‘zda tutilyapti) hisob-kitobini uzluksiz ravishda tekshirib borishardi, oxirgi paytlarda turli yordam pullari, mukofot berishni to‘xtatib qo‘yishgandi, buning natijasida tajribali jurnalistlar ketib qolishgandi...» (XXI asr. 17 yanvar soni) tarzida qo‘yilgan «ayblov»ni vazirlik rad etgan:
«O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining yangi jamoasi tayinlanganidan beri, vazirlik o‘z muassisligidagi tahririyat xodimlarining oyliklarini oshirish yoki ularga mukofot berish masalalariga aralashmagan. Tahririyatlar o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan holda, bu masalalarni mustaqil belgilaydilar».
Xalq ta'limi vazirligi va jurnalistlar o‘rtasidagi bunday bahs bitta raqamning ikki tomonida turib olib, biri «bu olti», ikkinchisi esa «bu to‘qqiz» deyayotgan musohabaga o‘xshaydi. Kim to‘g‘ri pozitsiyada turganini – qaror qabul qilingandan keyin, vazirlik va'da qilgandek, «matbuot gullab-yashnaydi»mi yoki jurnalistlar aytganidek «matbuotga kishan solinadi»mi, buni vaqt ko‘rsatadi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya bosh vazirining uyida yong‘in chiqdi - The Times
Jahon | 23:00
-
Zelenskiy Putinni yuzma-yuz gaplashishga chaqirdi. Rossiya nega otashkesimni cho‘zyapti?
Jahon | 22:48
-
12 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:42
-
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24
Mavzuga oid

08:14 / 04.03.2025
«Slіdstvo.Іnfo»: Asirlikda halok bo‘lgan jurnalist Roshchina shafqatsizlarcha qiynoqqa solingan

19:21 / 20.02.2025
Italiyalik jurnalistlar josuslik dasturi sabab hukumat ustidan prokuraturaga shikoyat qildi

10:20 / 08.02.2025
RSF tojik jurnalistlariga chiqarilgan hukmni tanqid qildi

22:21 / 29.01.2025